https://oz.sputniknews.uz/20260928/fide-uzbekistan-taqdirlanish-60789226.html
Sindarov FIDEning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi, O‘zbekiston termasi taqdirlandi
Sindarov FIDEning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi, O‘zbekiston termasi taqdirlandi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi. Javohir Sindarov esa 2024–2026 yillar sikli bo‘yicha FIDEning eng yaxshi erkak shaxmatchisi deb... 28.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-28T10:58+0500
2026-09-28T10:58+0500
2026-09-28T10:58+0500
sport
chempion
shaxmat
butunjahon shaxmat olimpiadasi
javohir sindarov
nodirbek abdusattorov
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60788733_0:268:2445:1643_1920x0_80_0_0_05faa600025dad4296cb76aead67693c.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiada oltin medali va kubogini qabul qildi.O‘zbekiston termasi musobaqani 20 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi. Hindiston 18 ochko bilan kumush, Germaniya ham 18 ochko jamg‘arib bronza medalga sazovor bo‘ldi. Taqdirlash marosimida o‘zbekistonlik shaxmatchilarning yakka tartibdagi natijalari ham e’tirof etildi. Nodirbek Abdusattorov birinchi taxtada eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Javohir Sindarov esa ikkinchi taxta natijalari bo‘yicha bronza medalga sazovor bo‘ldi. Mukofot bir turnir natijasi uchun emas, balki ikki yillik davrdagi umumiy natijalar uchun beriladi. Ushbu davrda Sindarov Jahon kubogida g‘olib chiqdi, Nomzodlar turnirida birinchi o‘rinni egalladi va jahon reytingida kuchli to‘rtlikka kirdi. Ayollar turnirida Xitoy 20 ochko bilan chempion bo‘ldi. Qozog‘iston kumush, Hindiston esa bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 15 ochko bilan 13-o‘rinni egalladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260927/madaminov-galaba-shaxmat-olimpiada-60775797.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60788733_140:163:2202:1709_1920x0_80_0_0_b1fe14442f787cd6afebc9bd372d0c2c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, chempion, shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, javohir sindarov, nodirbek abdusattorov, samarqand
sport, chempion, shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, javohir sindarov, nodirbek abdusattorov, samarqand
Sindarov FIDEning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi, O‘zbekiston termasi taqdirlandi
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi. Javohir Sindarov esa 2024–2026 yillar sikli bo‘yicha FIDEning eng yaxshi erkak shaxmatchisi deb topildi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiada oltin medali va kubogini qabul qildi.
O‘zbekiston termasi musobaqani 20 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi. Hindiston 18 ochko bilan kumush, Germaniya ham 18 ochko jamg‘arib bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Taqdirlash marosimida o‘zbekistonlik shaxmatchilarning yakka tartibdagi natijalari ham e’tirof etildi. Nodirbek Abdusattorov birinchi taxtada eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Sindarov esa ikkinchi taxta natijalari bo‘yicha bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Sindarov marosimda yana bir yirik mukofotni ham qabul qildi. U FIDE tomonidan ilk bor ta’sis etilgan Excellence Awards doirasida 2024–2026 yillar Olimpiada siklining eng yaxshi erkak shaxmatchisi deb topildi.
Mukofot bir turnir natijasi uchun emas, balki ikki yillik davrdagi umumiy natijalar uchun beriladi. Ushbu davrda Sindarov Jahon kubogida g‘olib chiqdi, Nomzodlar turnirida birinchi o‘rinni egalladi va jahon reytingida kuchli to‘rtlikka kirdi.
Ayollar turnirida Xitoy 20 ochko bilan chempion bo‘ldi. Qozog‘iston kumush, Hindiston esa bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 15 ochko bilan 13-o‘rinni egalladi.