https://oz.sputniknews.uz/20260927/uzbekistan-asia-oyinlar-60766959.html
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 4-o‘ringa ko‘tarildi — 26-sentabr yakunlari
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 4-o‘ringa ko‘tarildi — 26-sentabr yakunlari
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 26-sentabr kuni Osiyo o‘yinlarida bitta oltin va ikkita kumush medal oldi. Delegatsiya jami 34 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘ringa ko‘tarildi. Igrlarda jahon va Osiyo o‘yinlari rekordlari ham yangilandi.
2026-09-27T09:15+0500
2026-09-27T09:15+0500
2026-09-27T09:15+0500
sport
olimpiya o‘yinlari
oltin medal
kumush medal
bronza medal
yaponiya
rekord
baydarka va kanoeda eshkak eshish
yengil atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60766590_0:175:2560:1615_1920x0_80_0_0_13f2a335796c2241ce4a11eb5e646965.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyada o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida 26-sentabr kuni bitta oltin va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.Kunning yagona oltin medalini baydarkada eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 500 metrlik yakkalik dasturida Shahriyor Mahkamov oldi. Arina Tanatmisheva ayollar o‘rtasida 500 metrlik baydarka poygasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu uning ushbu Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi kumush medali bo‘ldi. Yana bir kumush medalni Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova aralash kanoe juftligi qo‘lga kiritdi. Shu tariqa 26-sentabr yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning medallari soni 34 taga yetdi: 8 ta oltin, 17 ta kumush va 9 ta bronza.O‘zbekiston 4-o‘ringa ko‘tarildi26 sentabr yakunlariga ko‘ra, umumjamoa medallar hisobida Xitoy ishonchli yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 107 ta oltin, 41 ta kumush va 28 ta bronza — jami 176 ta medal bor.Ikkinchi o‘rinda Yaponiya — 31 ta oltin, 49 ta kumush va 49 ta bronza. Janubiy Koreya 16 ta oltin, 21 ta kumush va 36 ta bronza bilan uchinchi o‘rinda.O‘zbekiston 8 ta oltin, 17 ta kumush va 9 ta bronza medal bilan 4-o‘ringa chiqdi. Qozog‘istonda ham 8 ta oltin bor, ammo kumush medallari kamroq — 8 ta. Uch kunda yettita oltinO‘zbekiston sportchilari oxirgi uch kun ichida oltin medallar sonini keskin oshirdi.25 sentabrda Suxrob Xodjayev yengil atletikaning bolg‘a uloqtirish dasturida oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston bu kuni yana uchta kumush va bitta bronza oldi.26 sentabrda esa Shahriyor Mahkamovning g‘alabasi O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi oltin medallari sonini 8 taga yetkazdi.Osiyo o‘yinlarining asosiy rekordlariAychi-Nagoya-2026da jahon rekordi ham yangilandi. Yaponiyalik 17 yoshli Sin Ohashi 200 metrga brass usulida suzishda 2 daqiqa 4,83 soniya natija ko‘rsatib, avvalgi jahon rekordini 0,65 soniyaga yaxshiladi. U tarixda ushbu masofani 2 daqiqa 5 soniyadan tez suzgan birinchi sportchi bo‘ldi.Tailandlik Puripol Bunson esa 25-sentabr kuni 100 metrlik finalda 9,90 soniya natija bilan Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Qizig‘i, u o‘sha kunning yarim finalida ham rekordni yangilagan — 9,91 soniya.
https://oz.sputniknews.uz/20260924/asia-oyinlar-uzbekistan-medallar-60695421.html
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60766590_88:0:2473:1789_1920x0_80_0_0_ad76e6e93b8a1e89e56ada3bf4b27296.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, olimpiya o‘yinlari, oltin medal, kumush medal, bronza medal, yaponiya, rekord, baydarka va kanoeda eshkak eshish , yengil atletika
sport, olimpiya o‘yinlari, oltin medal, kumush medal, bronza medal, yaponiya, rekord, baydarka va kanoeda eshkak eshish , yengil atletika
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 4-o‘ringa ko‘tarildi — 26-sentabr yakunlari
O‘zbekiston sportchilari 26-sentabr kuni Osiyo o‘yinlarida yana uchta medal qo‘lga kiritdi. Delegatsiya 8 ta oltin bilan umumjamoa hisobida 4-o‘ringa ko‘tarildi
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyada o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida 26-sentabr kuni bitta oltin va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Kunning yagona oltin medalini baydarkada eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 500 metrlik yakkalik dasturida Shahriyor Mahkamov oldi.
Arina Tanatmisheva ayollar o‘rtasida 500 metrlik baydarka poygasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu uning ushbu Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi kumush medali bo‘ldi.
Yana bir kumush medalni Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova aralash kanoe juftligi qo‘lga kiritdi. Shu tariqa 26-sentabr yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning medallari soni 34 taga yetdi: 8 ta oltin, 17 ta kumush va 9 ta bronza.
O‘zbekiston 4-o‘ringa ko‘tarildi
26 sentabr yakunlariga ko‘ra, umumjamoa medallar hisobida Xitoy ishonchli yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 107 ta oltin, 41 ta kumush va 28 ta bronza — jami 176 ta medal bor.
Ikkinchi o‘rinda Yaponiya — 31 ta oltin, 49 ta kumush va 49 ta bronza. Janubiy Koreya 16 ta oltin, 21 ta kumush va 36 ta bronza bilan uchinchi o‘rinda.
O‘zbekiston 8 ta oltin, 17 ta kumush va 9 ta bronza medal bilan 4-o‘ringa chiqdi. Qozog‘istonda ham 8 ta oltin bor, ammo kumush medallari kamroq — 8 ta.
O‘zbekiston sportchilari oxirgi uch kun ichida oltin medallar sonini keskin oshirdi.
24 sentabr kuni terma jamoa bir yo‘la 5 ta oltin medal oldi. Shoxsanam Sherzodova, Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev juftligi, Vladimir Svechnikov, O‘tkirbek Jo‘rayev va Sharifa Davronova chempion bo‘ldi. O‘sha kuni O‘zbekiston sportchilari jami 16 ta medal qo‘lga kiritgan.
25 sentabrda Suxrob Xodjayev yengil atletikaning bolg‘a uloqtirish dasturida oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston bu kuni yana uchta kumush va bitta bronza oldi.
26 sentabrda esa Shahriyor Mahkamovning g‘alabasi O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi oltin medallari sonini 8 taga yetkazdi.
Osiyo o‘yinlarining asosiy rekordlari
Aychi-Nagoya-2026da jahon rekordi ham yangilandi. Yaponiyalik 17 yoshli Sin Ohashi 200 metrga brass usulida suzishda 2 daqiqa 4,83 soniya natija ko‘rsatib, avvalgi jahon rekordini 0,65 soniyaga yaxshiladi. U tarixda ushbu masofani 2 daqiqa 5 soniyadan tez suzgan birinchi sportchi bo‘ldi.
Tailandlik Puripol Bunson esa 25-sentabr kuni 100 metrlik finalda 9,90 soniya natija bilan Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Qizig‘i, u o‘sha kunning yarim finalida ham rekordni yangilagan — 9,91 soniya.