Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Lavrov BMTda Ukraina bo‘yicha muzokaralar va maxsus harbiy operatsiya haqida gapirdi

© MID RF / Mediabankka o‘tishVistuplenie Sergeya Lavrova na Genassamblee OON
Vistuplenie Sergeya Lavrova na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasida Moskva maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishishini va Rossiya xavfsizligiga tahdidlar bartaraf etilishini bildirdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiya maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishadi, mamlakat xavfsizligiga tahdidlar bartaraf etiladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi chiqishida ma’lum qildi.
"Maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishiladi, Rossiya xavfsizligiga tahdidlar bartaraf etiladi, tinch hayot tiklanadi", — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Donbass va Novorossiya aholisining xavfsizligi va huquqlarini himoya qilishni davom ettirmoqda. Lavrov Moskva bu harakatlarni BMT Nizomi tamoyillariga muvofiq deb hisoblashini ta’kidladi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Ukraina mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal etish masalasiga ham to‘xtaldi. U Yevropa davlatlarini tinchlik jarayoniga to‘sqinlik qilishda aybladi.
Lavrovning ta’kidlashicha, Yevropada Ukraina bo‘yicha muzokaralar istiqboliga xalaqit berishga harakat qilinmoqda. U muzokaralar o‘tkazilishidan, jumladan, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ham manfaatdor ekanini bildirdi.
Shuningdek, vazir G‘arb davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etayotgani va Ukrainaga dron hamda raketalarni nishonlarga yo‘naltirishda yordam berayotganini aytdi.
Lavrovning fikricha, G‘arbda Rossiyaga "strategik mag‘lubiyat" yetkazish g‘oyasi hamon saqlanib qolmoqda. U bunday siyosat oxir-oqibat uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarning o‘zini "strategik boshi berk ko‘cha"ga olib kirishini bildirdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri BMT rahbariyatining Ukraina masalasidagi pozitsiyasini ham tanqid qildi. U tashkilot BMT Nizomidagi tamoyillarni tanlab emas, balki to‘liq va o‘zaro bog‘liq holda himoya qilishi kerakligini ta’kidladi.
Lavrov BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida Ukrainadan tashqari Yaqin Sharq, Eron, Venesuela, Kuba, BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish va ko‘p qutbli dunyo tartibi masalalariga ham to‘xtaldi.
Uning fikricha, Global Janub va Sharq mamlakatlari tobora mustaqil taraqqiyot markazlariga aylanib, o‘z mintaqalari xavfsizligi uchun ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmoqda.
Shu bilan birga, Rossiya TIV rahbari G‘arbni tanqid qilib, uni "besh asr davomida boshqalarning resurslari hisobiga ustunlik qilib kelgan" kuch sifatida tavsifladi. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, hozir G‘arb avvalgi imtiyozlarini saqlab qolishga urinmoqda, ammo jahonda ko‘p qutbli tartib shakllanib bormoqda.
Sergey Lavrov Antoniu Guterrish  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Guterrish va Lavrov Ukrainadagi mojaroning global oqibatlarini muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0