https://oz.sputniknews.uz/20260927/saint-petersburg-forum-uzbekistan-cis-taklif-60778692.html
Peterburgdagi madaniyat forumi: O‘zbekiston MDHga nimalarni taklif qildi?
Peterburgdagi madaniyat forumi: O‘zbekiston MDHga nimalarni taklif qildi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Sankt-Peterburgdagi xalqaro forumda MDHda yagona kino makonini yaratish, qo‘shma filmlar ishlab chiqarish va yosh rejissor hamda produserlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirdi.
2026-09-27T18:24+0500
2026-09-27T18:24+0500
2026-09-27T18:25+0500
madaniyat
kino
forum
hamkorlik
vladimir putin
festival
mdh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60778479_0:48:1280:768_1920x0_80_0_0_8ca4cccc6eb666a5c22efca7f02f9554.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston MDH mamlakatlari bilan qo‘shma filmlar ishlab chiqarish, milliy kinolarni o‘zaro keng namoyish etish va kino sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Takliflar Sankt-Peterburgda 24–26 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan XII Xalqaro birlashgan madaniyatlar forumi doirasida bildirildi.Sessiyada MDH davlatlari o‘rtasida qo‘shma filmlar ishlab chiqarish, kino kunlari va festivallar almashinuvini kengaytirish, milliy kinolarni boshqa mamlakatlarda targ‘ib qilish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.O‘zbekiston tomoni, shuningdek, kino ta’limi va mutaxassislar tayyorlash tizimini rivojlantirish, yosh rejissor va produserlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy laboratoriyalar va mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdi.O‘zbekiston delegatsiyasi forumning Vladimir Putin ishtirok etgan yalpi sessiyasida ham qatnashdi. Unda xalqaro madaniy hamkorlik, madaniyatlararo muloqot va mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260925/ozbekiston-rossiya-60740528.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60778479_97:0:1184:815_1920x0_80_0_0_577e7c2d4d58bd06947170bd72839d77.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, kino, forum, hamkorlik, vladimir putin, festival, mdh, rossiya
madaniyat, kino, forum, hamkorlik, vladimir putin, festival, mdh, rossiya
Peterburgdagi madaniyat forumi: O‘zbekiston MDHga nimalarni taklif qildi?
18:24 27.09.2026 (yangilandi: 18:25 27.09.2026) O‘zbekiston MDH mamlakatlari o‘rtasida yagona kino makonini shakllantirish, qo‘shma filmlar ishlab chiqarish va milliy kinolar namoyishini kengaytirishni taklif qildi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston MDH mamlakatlari bilan qo‘shma filmlar ishlab chiqarish, milliy kinolarni o‘zaro keng namoyish etish va kino sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Takliflar Sankt-Peterburgda 24–26 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan XII Xalqaro birlashgan madaniyatlar forumi doirasida bildirildi.
25 sentabr kuni "MDH mamlakatlarining yagona kino makonini yaratish mexanizmlari" mavzusidagi sessiyada O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev ishtirok etdi.
Sessiyada MDH davlatlari o‘rtasida qo‘shma filmlar ishlab chiqarish, kino kunlari va festivallar almashinuvini kengaytirish, milliy kinolarni boshqa mamlakatlarda targ‘ib qilish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni, shuningdek, kino ta’limi va mutaxassislar tayyorlash tizimini rivojlantirish, yosh rejissor va produserlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy laboratoriyalar va mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Sessiyada Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy, Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova, Moskva hukumati vaziri Aleksey Fursin, shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston va Belarus madaniyat idoralari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi forumning Vladimir Putin ishtirok etgan yalpi sessiyasida ham qatnashdi. Unda xalqaro madaniy hamkorlik, madaniyatlararo muloqot va mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.