YeOII bojxona xizmatlari Brestda 19 ta masalani ko‘rib chiqdi

© FTS Rossi
Obuna bo‘lish
YeOII davlatlari bojxona xizmatlari Brestda bojxona nazorati, tranzit, yo‘lovchi deklaratsiyasi va tovarlar qiymatini baholashga doir yondashuvlarni muhokama qildi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. YeOIIga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari bojxona nazorati va tovarlarni rasmiylashtirish tartiblariga yagona yondashuvlarni shakllantirishga doir 19 ta masalani ko‘rib chiqdi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati xabar berdi.
Belarusning Brest shahrida Rossiya FBX rahbari Valeriy Pikalov raisligida YeOIIga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari Birlashgan hay’atining 55-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston bojxona xizmatlari, shuningdek, YeIKning bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Sergey Shklyayev ishtirok etdi.
Muhokama qilingan asosiy masalalar:
tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlar amalda olib o‘tilayotgan tovarlarga mos kelmagan hollarda bojxona organlarining harakatlari;
tovar chiqarib yuborilishidan oldin bojxona ko‘rigini boshlash va uni rasmiylashtirish muddatlari;
yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini qo‘llash;
sochiluvchan tovarlarni dengiz kemalari orqali YeOII hududidan olib chiqish;
soliq hajmi yuqori bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini yangilash;
xavfning yagona qiymat indikatorlarini tasdiqlash.
Alohida yo‘nalish YeOII Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovarlarni tasniflashga bag‘ishlandi.
Tomonlar yumaloq sneklar, ichimlik tayyorlash uchun mahsulotlar, qattiq kapsulalarni to‘ldirish mashinalari, mobil kinoteatrga moslashtirilgan yarim tirkama va simli to‘rni tasniflash bo‘yicha pozitsiyalarni kelishib oldi.
Yig‘ilishda inspeksiya-ko‘rik komplekslari operatorlari o‘rtasidagi kasbiy mahorat tanlovi yakunlari ham sarhisob qilindi.
Birlashgan hay’atning navbatdagi yig‘ilishi 2026-yilning IV choragida Armanistonda bo‘lib o‘tadi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

