Toshkentda MDH davlatlari budjet talon-toroj qilinishiga qarshi choralarni muhokama qildi

© Ispolnitelniy komitet SNGZasedanie Koordinatsionnogo soveta organov finansovix rassledovaniy stran SNG
Zasedanie Koordinatsionnogo soveta organov finansovix rassledovaniy stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda sakkiz MDH davlati vakillari budjet mablag‘larini talon-toroj qilish va yangi moliyaviy jinoyat sxemalariga qarshi hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Toshkentda MDH mamlakatlari soliq va moliyaviy tergov organlari rahbarlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston vakillari ishtirok etdi. MDH Ijroiya qo‘mitasi delegatsiyasiga tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Nurlan Seytimov boshchilik qildi.
Yig‘ilishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, moliyaviy qonunbuzarliklarga qarshi kurashish va davlatlar o‘rtasida axborot hamda amaliy tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Seytimovning ta’kidlashicha, xalqaro jinoyatchilikda korrupsion-iqtisodiy tarkibiy qism ortib bormoqda, axborot texnologiyalari esa jinoiy sxemalar imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Shu bois soliq va moliyaviy tergov organlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirish hamda tahliliy hamkorlikni kuchaytirish muhim.
Tomonlar 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturi ijrosini ham muhokama qildi.
Shuningdek, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish, yangi jinoiy sxemalarni aniqlash, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va kapitalni noqonuniy olib chiqish kanallariga qarshi kurashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda moliyaviy tergovlarning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, soha xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Kengash MDH doirasida soliq va moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiradi.
Vstrecha zamestiteley generalnix prokurorov gosudarstv – uchastnikov SNG v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
O‘zbekiston MDHda xorijdagi aktivlarni qaytarish mexanizmini ishlab chiqishda qatnashdi
Yangiliklar lentasi
0