Toshkentda ICTWeek Uzbekistan 2026 boshlandi — asosiy yangiliklar

© SputnikV Tashkente startovala ICTWeek Uzbekistan 2026
V Tashkente startovala ICTWeek Uzbekistan 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2026
Obuna bo‘lish
ICTWeek Uzbekistan 2026 da O‘zbekistonning data-markazlar infratuzilmasini kengaytirish, xorijiy AT kompaniyalarni jalb qilish va sohada kadrlar tayyorlash rejalari ma’lum qilindi
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda ICTWeek Uzbekistan 2026 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi. Tadbir CAEx ko‘rgazmalar markazida vazirlik va idoralar, mahalliy va xorijiy texnologik kompaniyalar, axborot texnologiyalari (AT) va biznes vakillari ishtirokida o‘tmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
ICTWeek doirasida konferensiyalar, ko‘rgazmalar, seminarlar va biznes uchrashuvlari tashkil etiladi. Ularda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, startaplar, investitsiyalar va AT bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Haftalik 25-sentabrgacha davom etadi.
Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘istonda qurilayotgan ma’lumotlar markazi haqida to‘xtaldi.
"Bu qandaydir havoyi qasr emas. Bu O‘zbekistonda qurilayotgan haqiqiy ma’lumotlar markazi. Yil oxirigacha ushbu birinchi “yashil” ma’lumotlar markaziga kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz", — dedi vazir.
Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik ushbu yo‘nalishdagi infratuzilmani yanada kengaytirish rejalashtirilgan. Mamlakat bo‘ylab data-markazlarning umumiy quvvatini kamida 300 MVtga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
ICTWeek doirasida xorijiy texnologik kompaniyalarni O‘zbekiston bozoriga jalb qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
"Enterprise Uzbekistan" xalqaro raqamli texnologiyalar markazining global biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Bahodir Ayupovning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy kompaniyalar qaror qabul qilishda mamlakatdagi geosiyosiy barqarorlik va xavfsizlik, iqtisodiy rivojlanish, AT industriyasi holati, malakali kadrlar mavjudligi hamda biznesni uzoq muddatga rejalashtirish imkoniyatini hisobga oladi.
© SputnikV Tashkente startovala ICTWeek Uzbekistan 2026
V Tashkente startovala ICTWeek Uzbekistan 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2026
V Tashkente startovala ICTWeek Uzbekistan 2026
Uning fikricha, O‘zbekiston ushbu mezonlarning barchasiga javob beradi.
Ayupov AT bozorini rivojlantirish uchun, avvalo, yetarli miqdorda mutaxassislar tayyorlash zarur bo‘lganini ta’kidladi.

"Biz o‘z vaqtida tushunib yetdik: bozorda AT mutaxassislarining yetarli soni shakllanmaguncha, sohani yanada rivojlantirish haqida gapirishning ma’nosi yo‘q", — dedi u.

Misol sifatida Ayupov "Bir million o‘zbek dasturchisi" loyihasini keltirdi. Uning kurslariga 2 milliondan ortiq kishi jalb qilingan.
Uning ta’kidlashicha, dastur ishtirokchilarining barchasi AT mutaxassis bo‘lib ketishi kutilmagan. Hatto ularning 5 foizi sohada professional faoliyat boshlasa ham, bu mamlakat AT industriyasi uchun katta turtki bo‘lishi hisobga olingan.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2026
Prezident sun’iy intellekt loyihalari soni va qamrovini kengaytirishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0