https://oz.sputniknews.uz/20260922/hokimliklar-hujjat-sud-shikoyat-huquq-60647788.html
Hokimliklar hujjatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini berish taklifi ma’qullandi
Hokimliklar hujjatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini berish taklifi ma’qullandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ma’muriy sudlovni isloh qilish doirasida to‘rt turdagi da’vo shaklini joriy etish, ayrim holatlarda sudga muddatsiz murojaat qilish va hokimlik hujjatlari ustidan bevosita shikoyat qilish taklif etildi.
2026-09-22T15:52+0500
2026-09-22T15:52+0500
2026-09-22T16:09+0500
sud
tadbirkor
jamiyat
o‘zbekiston
hokimlik
shikoyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48162729_0:47:800:497_1920x0_80_0_0_6d0b5871f57485d217c99af98795abab.png
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy talablar asosida 15 ga yaqin yangi huquqiy institutni joriy etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.Asosiy takliflar:Sud qarorlari ijrosini kuchaytirish ham nazarda tutilgan. Agar davlat organi mansabdor shaxsiga sud qarorini ijro etmagani uchun jarima qo‘llanilganidan keyin ham qaror bajarilmasa, sud qonuniy chora ko‘rish uchun prokurorga xabar beradi.Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2017-yildan buyon ma’muriy sudlar qariyb 150 ming ishni ko‘rib chiqqan, 70 mingdan ortiq holatda davlat organlarining noqonuniy qarorlari bekor qilingan. Mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha esa qariyb 27 ming xususiy ajrim chiqarilgan.Prezident bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260814/odil-sudlov--2030-strategiyasi-59711746.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48162729_38:0:763:544_1920x0_80_0_0_27e3b08413eb20fbe481fbef2723e2a7.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sud, tadbirkor, jamiyat, o‘zbekiston, hokimlik, shikoyat
sud, tadbirkor, jamiyat, o‘zbekiston, hokimlik, shikoyat
Hokimliklar hujjatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini berish taklifi ma’qullandi
15:52 22.09.2026 (yangilandi: 16:09 22.09.2026) Fuqarolarga hokimliklarning normativ-huquqiy hujjatlari ustidan bevosita ma’muriy sudga shikoyat qilish huquqi berilishi mumkin.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy talablar asosida 15 ga yaqin yangi huquqiy institutni joriy etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
ma’muriy sudga murojaat qilishning to‘rt turdagi da’vo shaklini joriy etish;
sudga murojaat qilish uchun amaldagi olti oylik muddatni qayta ko‘rib chiqish;
davlat organi qonunbuzilishga yo‘l qo‘yganini tan olish masalasida sudga muddatsiz murojaat qilish imkonini berish;
mahalliy hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan bevosita ma’muriy sudga shikoyat qilish huquqini joriy etish.
Shuningdek, ma’muriy sudlarga davlat organlari fuqarolar va tadbirkorlarga ta’sir choralarini qo‘llashda diskretsion vakolatlardan qonuniy va asosli foydalanganini tekshirish vakolatini berish taklif qilindi.
Sud qarorlari ijrosini kuchaytirish ham nazarda tutilgan. Agar davlat organi mansabdor shaxsiga sud qarorini ijro etmagani uchun jarima qo‘llanilganidan keyin ham qaror bajarilmasa, sud qonuniy chora ko‘rish uchun prokurorga xabar beradi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2017-yildan buyon ma’muriy sudlar qariyb 150 ming ishni ko‘rib chiqqan, 70 mingdan ortiq holatda davlat organlarining noqonuniy qarorlari bekor qilingan. Mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha esa qariyb 27 ming xususiy ajrim chiqarilgan.
Prezident bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.