https://oz.sputniknews.uz/20260921/uzbekistan-dengiz-port-logistika-infratuzilma-60620643.html
O‘zbekiston 5 ta dengiz portida logistika infratuzilmasini rivojlantirmoqchi
O‘zbekiston 5 ta dengiz portida logistika infratuzilmasini rivojlantirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Oqtau, Turkmanboshi, Boku, Poti va Anakliya portlarida logistika infratuzilmasini rivojlantirmoqchi. Mamlakatda 17 ta yangi logistika markazi va terminal loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
2026-09-21T18:06+0500
2026-09-21T18:06+0500
2026-09-21T18:06+0500
transport
shavkat mirziyoyev
yuk
tranzit tashish
qora dengiz
savdo
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0a/46545068_48:0:1152:621_1920x0_80_0_0_72b52965d6cde29cc7e9c83107b9d956.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalar taqdimotida O‘zbekistonning dengiz portlari orqali jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Kaspiy dengizidagi Oqtau, Turkmanboshi va Boku, Qora dengizdagi Poti va Anakliya portlarida O‘zbekiston ishtirokida logistika infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Shuningdek, Anakliya portini rivojlantirishda hamda Turkiyaning Samsun va Istanbul portlariga chiqishga xizmat qiluvchi Naxichevan temir yo‘li qurilishida ishtirok etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.Bu yo‘nalishlar to‘qimachilik, kimyo, qishloq xo‘jaligi va kon-metallurgiya mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish yo‘llarini diversifikatsiya qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.O‘zbekistonning o‘zida ham logistika infratuzilmasini kengaytirish rejalashtirilgan. Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida jami 17 ta logistika markazi va terminal loyihasi amalga oshiriladi. Yuk tashish sohasida kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi hali ham 42 foizdan yuqori. Shu sababli yagona raqamli transport tizimi, tashuvchilar reyestri, elektron yo‘l varaqasi va buyurtmalar agregatorini joriy etish taklif qilindi.Xalqaro tashuvlarda elektron ruxsatnomalar almashinuvini kengaytirish va yuklar harakatini real vaqtda kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260701/uzbekistan-tranzit-qoshimcha-daromad-58737073.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0a/46545068_186:0:1014:621_1920x0_80_0_0_9680ea7b0cb13ff69333de81177960c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
transport, shavkat mirziyoyev, yuk , tranzit tashish, qora dengiz, savdo, o‘zbekiston, jamiyat
transport, shavkat mirziyoyev, yuk , tranzit tashish, qora dengiz, savdo, o‘zbekiston, jamiyat
O‘zbekiston 5 ta dengiz portida logistika infratuzilmasini rivojlantirmoqchi
Poti portida O‘zbekiston logistika markazini tashkil etish bo‘yicha bitim imzoladi, Kaspiy va Qora dengizdagi boshqa portlarda ham loyihalar ko‘rib chiqilmoqda.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalar taqdimotida O‘zbekistonning dengiz portlari orqali jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Kaspiy dengizidagi Oqtau, Turkmanboshi va Boku, Qora dengizdagi Poti va Anakliya portlarida O‘zbekiston ishtirokida logistika infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Poti portida logistika markazini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolangan, hozir loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, Anakliya portini rivojlantirishda hamda Turkiyaning Samsun va Istanbul portlariga chiqishga xizmat qiluvchi Naxichevan temir yo‘li qurilishida ishtirok etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Bu yo‘nalishlar to‘qimachilik, kimyo, qishloq xo‘jaligi va kon-metallurgiya mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish yo‘llarini diversifikatsiya qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning o‘zida ham logistika infratuzilmasini kengaytirish rejalashtirilgan. Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida jami 17 ta logistika markazi va terminal loyihasi amalga oshiriladi.
Xonobod va Angren shaharlari, Yangiyo‘l, Ohangaron, Olot va Termiz tumanlarini transport-logistikaga ixtisoslashtirish ko‘zda tutilgan.
Yuk tashish sohasida kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi hali ham 42 foizdan yuqori. Shu sababli yagona raqamli transport tizimi, tashuvchilar reyestri, elektron yo‘l varaqasi va buyurtmalar agregatorini joriy etish taklif qilindi.
Xalqaro tashuvlarda elektron ruxsatnomalar almashinuvini kengaytirish va yuklar harakatini real vaqtda kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.