Rossiyada Davlat dumasi saylovlari: "Yagona Rossiya" rekord 355 mandat olishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishOglashenie predvaritelnix itogov viborov v Gosdumu RF
Oglashenie predvaritelnix itogov viborov v Gosdumu RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
Obuna bo‘lish
Saylovlar o‘tkazilgan uchastkalarning deyarli barchasida videokuzatuv yo‘lga qo‘yildi. Ella Pamfilova saylov uchastkalarida jiddiy qoidabuzarliklar misli ko‘rilmagan darajada kam bo‘lganini bildirdi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Ella Pamfilova Davlat dumasi saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Ovozlarning qariyb 95 foizi qayta ishlanganidan keyin "Yagona Rossiya" 57,83 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda va 450 o‘rinli quyi palatada 355 ta mandat olishi mumkin.
Bu partiya uchun Duma saylovlaridagi eng yuqori natija bo‘lishi mumkin.
Pamfilova ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha KPRF 40 ta, LDPR 25 ta, "Yangi odamlar" 20 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Partiya ro‘yxatlari bo‘yicha ular mos ravishda 13,81, 8,98 va 7,96 foiz ovoz olmoqda.
Pamfilova saylovlar davomida qonunbuzilish holatlari misli ko‘rilmagan darajada kam bo‘lganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 90 mingdan ortiq saylov uchastkasi faoliyat yuritgan, jiddiy qoidabuzarliklar haqidagi beshta xabardan uchtasi tasdiqlangan va ular tezkor aniqlangan.
Ovoz berish jarayonida saylov infratuzilmasi kiberhujumlarga ham uchradi. Pamfilova ma’lumotiga ko‘ra, uch kun davomida mingdan ortiq DDoS-hujum to‘lqini qayd etilgan, shundan 124 tasi masofaviy elektron ovoz berish tizimiga qaratilgan. SIK rahbari hujumlarning barchasi qaytarilgani va ular ovoz berish jarayoniga ta’sir qilmaganini ta’kidladi.
Saylovlarni xalqaro kuzatuvchilar ham monitoring qildi. MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari Ilhom Ne’matov ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar aniqlanmaganini bildirdi. ShHT missiyasiga tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Pao Yanfan rahbarlik qildi. Missiya tarkibiga O‘zbekiston vakillari ham kirdi.
Saylovlardagi yana bir intriga "Adolatli Rossiya" natijasi bo‘lib qolmoqda. Partiya hozircha 4,96 foiz ovoz bilan Dumaga partiya ro‘yxati bo‘yicha kirish uchun zarur 5 foizlik chegaradan sal pastda turibdi.
Rossiyada Davlat dumasi deputatlari saylovi 18–20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. MSK yakuniy natijalarni 25-sentabrdan oldin tasdiqlamasligini ma’lum qildi.
Rabota Informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
Rossiya Davlat dumasi saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0