Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun uzluksiz kasbiy ta’lim tizimi joriy etiladi

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Bu ta’lim tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bevosita ish jarayoni bilan uyg‘unlashgan masofaviy, kechki va boshqa shakllarini nazarda tutadi.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yangicha uzluksiz kasbiy tibbiy ta’lim tizimi joriy etiladi. Bu prezident imzolagan tegishli qarorda belgilangan.
U quyidagilarni nazarda tutadi:
uzluksiz ta’lim berish o‘quv dasturlari tegishli akkreditatsiyadan o‘tgan davlat va nodavlat ta’lim hamda tibbiyot tashkilotlari, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar (uzluksiz ta’lim provayderlari) tomonidan amalga oshiriladi;
uzluksiz ta’lim olishning an’anaviy shakllari bilan bir qatorda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bevosita ish jarayoni bilan uyg‘unlashgan masofaviy, kechki va boshqa shakllari joriy etiladi;
uzluksiz ta’lim tizimi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borishga qaratiladi hamda ta’limning kredit-modul tizimiga asoslanadi;
oliy ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika xodimlari yiliga 50 kreditdan, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari yiliga 28 kreditdan kam bo‘lmagan miqdorda malaka oshirish kurslarini o‘tashi majburiy etib belgilanadi;
tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uzluksiz ta’lim provayderini, malaka oshirish shakli va dasturlarini erkin tanlash huquqi beriladi.
Shuningdek, 2026-yil 15-noyabrdan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi “Tibbiy ta’limda o‘quv resurslarini yaratish va rivojlantirish markazi” davlat muassasasi faoliyati tugatiladi.
Davlat muassasasi shaklidagi Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi tashkil etiladi. Markazning tibbiyot sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim bo‘yicha mahalliy akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat muassasasi shaklidagi Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi tashkil etiladi. Markazning tibbiyot sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim bo‘yicha mahalliy akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
