Rossiyada uch kunlik parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

© SputnikVibori v Gosdumu Rossii
Vibori v Gosdumu Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2026
Obuna bo‘lish
Davlat dumasining to‘qqizinchi chaqiriq deputatlari saylovida o‘nta partiya ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Rossiyada Davlat dumasi deputatlari saylovi va ular bilan birga ovoz berishning yagona kunida o‘tkaziladigan boshqa saylovlar boshlandi.
Birinchi saylov uchastkalari Kamchatka o‘lkasi va Chukotkada ochildi. Bir soatdan so‘ng ovoz berish Magadan viloyatida, Saxalin va Kuril orollarida, so‘ngra Primorsk va Xabarovsk o‘lkalarida, shuningdek, Yahudiy avtonom viloyatida boshlandi.
Saylovlar uch kun – 18-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Federal saylov okrugi bo‘yicha Davlat dumasining to‘qqizinchi chaqiriq deputatlari saylovida o‘nta partiya ishtirok etmoqda: “Yedinaya Rossiya” ("Yagona Rossiya"), Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDPR), To‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya partiyasi, “Zelonie” (“Yashillar”), “Spravedlivaya Rossiya” (“Adolatli Rossiya”), “Rodina” (“Vatan”), Rossiya Kommunistlar partiyasi (KPRF), Pensionerlar partiyasi, "Rossiya kommunistlari" va “Novie lyudi” ("Yangi odamlar”).
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, to‘qqizinchi chaqiriq Davlat dumasi - besh yillik muddatga saylanadigan 450 nafar deputat shakllantiriladi. Tarkibning yarmi, ya’ni 225 nafar deputat partiya ro‘yxatlari bo‘yicha federal okrugdan, yana 225 nafari bir mandatli saylov okruglaridan saylanadi.
Rossiyaning yangi hududlarida (DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari) va murakkab tezkor vaziyat yuzaga kelgan sakkizta mintaqada ovoz berishni tashkil etishda maxsus yondashuvlar ko‘zda tutilgan. Xorijdagi rossiyaliklar esa federal saylov okrugi bo‘yicha Davlat dumasi deputatlari saylovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Xorijda jami 152 ta davlatda 333 ta saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekistonda ham 4 ta saylov uchastkasi ochiladi: Toshkent, Samarqand, va Farg‘onada.
Obrashenie Vladimira Putina v preddverii viborov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2026
Putin parlament saylovlari arafasida rossiyaliklarga murojaat qildi
Yangiliklar lentasi
0