O‘zbekiston muqaddas Makkaga dron bilan hujum qilishga urinishni qoraladi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevFasad zdaniya s nad pisem MID Uzbekistana
Fasad zdaniya s nad pisem MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2026
Obuna bo‘lish
Saudiya kuchlari muqaddas Makka shahri janubida uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi. O‘zbekiston hujumga urinishni qoraladi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka shahriga uchuvchisiz uchish apparatidan foydalangan holda hujum qilishga urinishni qat’iyan qoraladi.
Vazirlik bayonotida Saudiya Arabistoni bilan to‘liq birdamlik bildirilib, muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatlar nomaqbul ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston barcha tomonlarni vazminlik namoyon etishga, xalqaro huquq normalariga rioya qilishga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.
Gap 15-sentabr kuni sodir bo‘lgan voqea haqida ketmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Makka tomon yo‘nalgan dron shahar janubida tutib qolinib, taqiqlangan havo hududiga kirishidan oldin yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Saudiya tomoni dron Yamandagi husiylar tomonidan uchirilganini bildirdi.
Husiylar esa Makka yoki boshqa diniy qadamjolarni nishonga olganini rad etdi.
O‘zbekiston TIV mintaqada keskinlikni kamaytirish, mojaroning yanada tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Boyes spespodrazdeleniya na ulitse Bagdada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2026
O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga raketa va dron hujumlarini qoraladi - nima sodir bo‘ldi?
Yangiliklar lentasi
0