O‘zbekiston AES qurilishida Rossiyaning yadroviy xavfsizlik tajribasidan foydalanadi

© Komitet po promishlennoy, radiatsionnoy i yadernoy bezopasnostiUzbekistan i Rossiya obsudili litsenzirovanie i kontrol AES
Uzbekistan i Rossiya obsudili litsenzirovanie i kontrol AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar AES qurilishi va ekspluatatsiyasining barcha bosqichlarida xavfsizlik nazorati hamda kadrlar tayyorlashni muhokama qildi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov va Rostexnadzor rahbari Aleksandr Trembiskiy Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA)ning 70-Bosh konferensiyasi doirasida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar davlat tomonidan tartibga solish, litsenziyalash, inspeksiya faoliyati va AES qurilishi hamda ekspluatatsiyasining barcha bosqichlarida xavfsizlik talablarini qo‘llash masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda Rossiya tajribasidan foydalangan holda O‘zbekistonda atom energetikasini tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bu mutaxassislar malakasini oshirish, qo‘shma o‘quvlar va ekspert seminarlarini o‘tkazish, davlat nazorati va inspeksiya tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston va Rossiya atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni AESni loyihalash va qurish bilan cheklamasdan, yadroviy xavfsizlik, litsenziyalash, nazorat, kadrlar tayyorlash va radiatsiyaviy himoya yo‘nalishlarida ham rivojlantirmoqda.
Mazkur muloqot ikki davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni tartibga soluvchi organlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bilan to‘ldirmoqda.
Qo‘mitaga ko‘ra, bu hamkorlik O‘zbekistonda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikning huquqiy, institutsional va texnik asoslarini mustahkamlash hamda milliy regulyator salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Delegatsiya Uzbekistana na Generalnoy konferensii MAGATE v Vene. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2026
O‘zbekiston yil oxirigacha AES uchun yoqilg‘i yetkazib berish shartnomasini tuzmoqchi
Yangiliklar lentasi
0