https://oz.sputniknews.uz/20260916/lavrov-ukraine-muzokaralar-shartlar-60490783.html
Lavrov Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash shartlarini aytdi
Lavrov Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash shartlarini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov Rossiya Ukraina bo‘yicha ikki va uch tomonlama muzokaralarga tayyorligini bildirdi. U Moskva muloqotdan voz kechmagani va kelishuv inqirozning asosiy sabablarini bartaraf etishi kerakligini aytdi.
2026-09-16T18:33+0500
2026-09-16T18:33+0500
2026-09-16T18:33+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
sergey lavrov
ukraina
rossiya tiv
festival
aqsh
muzokaralar
rossiya
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60087920_0:91:3072:1819_1920x0_80_0_0_5a766216bdfe0e9b206fe461acef9510.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya Ukraina bo‘yicha ikki tomonlama ham, AQSh ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarga ham tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yekaterinburgdagi Xalqaro yoshlar festivalida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ishtirok etgan avvalgi muzokara jarayonlari Moskva tashabbusi bilan to‘xtatilmagan. Vazir Belarus va Turkiyada o‘tkazilgan muzokaralar, Jenevadagi Rossiya — Ukraina muloqoti hamda Abu-Dabida AQSh ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuvlarni misol qilib keltirdi.Lavrov yaqinda Rossiyaga yana tashrif buyurgan amerikalik vakillar ham AQSh, Rossiya va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar formatiga qaytishni taklif qilganini bildirdi.Rossiya tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, Moskva uchun Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish maxsus harbiy operatsiya boshida belgilangan vazifalarni bajarish va Rossiya tomoni inqirozning asosiy sabablari deb hisoblaydigan omillarni bartaraf etishni anglatadi.Lavrov Kiyevdagi hozirgi hokimiyatni “ochiqdan-ochiq natsistik rejim” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Ukrainada rus tilining qo‘llanilishi cheklangan, rus tilidagi kitoblar kutubxonalardan olib tashlanib, makulaturaga topshirilmoqda.Lavrov Rossiya uchun xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish, shuningdek, rus odamlarining ona tili va pravoslav e’tiqodiga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish maxsus harbiy operatsiyaning “mutlaqo aniq va tushunarli vazifalari” ekanini ta’kidladi.Uning fikricha, prezident Vladimir Putin belgilagan maqsadlarga erishish nafaqat Ukraina inqirozini tartibga solish, balki Yevroosiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish va manfaatlar muvozanatiga asoslangan jahon tartibini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/lavrov-yoshlar-muloqot-60482296.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60087920_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9a1aa321140c62916b74c246dca9c0c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, sergey lavrov, ukraina, rossiya tiv, festival, aqsh, muzokaralar, rossiya, dunyoda
dunyo yangiliklari, sergey lavrov, ukraina, rossiya tiv, festival, aqsh, muzokaralar, rossiya, dunyoda
Lavrov Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash shartlarini aytdi
Moskva Ukraina bo‘yicha muzokaralarni turli formatlarda davom ettirishga tayyor, biroq kelishuv inqirozning asosiy sabablarini bartaraf etishi kerak.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya Ukraina bo‘yicha ikki tomonlama ham, AQSh ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarga ham tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yekaterinburgdagi Xalqaro yoshlar festivalida ma’lum qildi.
“Biz ikki tomonlama muzokaralarga ham, uch tomonlama muzokaralarga ham tayyormiz. Ulardan hech qachon voz kechmaganmiz”, — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ishtirok etgan avvalgi muzokara jarayonlari Moskva tashabbusi bilan to‘xtatilmagan. Vazir Belarus va Turkiyada o‘tkazilgan muzokaralar, Jenevadagi Rossiya — Ukraina muloqoti hamda Abu-Dabida AQSh ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuvlarni misol qilib keltirdi.
Lavrov yaqinda Rossiyaga yana tashrif buyurgan amerikalik vakillar ham AQSh, Rossiya va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar formatiga qaytishni taklif qilganini bildirdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, Moskva uchun Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish maxsus harbiy operatsiya boshida belgilangan vazifalarni bajarish va Rossiya tomoni inqirozning asosiy sabablari deb hisoblaydigan omillarni bartaraf etishni anglatadi.
Lavrov Kiyevdagi hozirgi hokimiyatni “ochiqdan-ochiq natsistik rejim” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Ukrainada rus tilining qo‘llanilishi cheklangan, rus tilidagi kitoblar kutubxonalardan olib tashlanib, makulaturaga topshirilmoqda.
“Butun boshli tilni taqiqlab qo‘ygan dunyodagi yagona rejim”, — dedi Rossiya vaziri Ukraina rahbariyati haqida.
Lavrov Rossiya uchun xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish, shuningdek, rus odamlarining ona tili va pravoslav e’tiqodiga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish maxsus harbiy operatsiyaning “mutlaqo aniq va tushunarli vazifalari” ekanini ta’kidladi.
Uning fikricha, prezident Vladimir Putin belgilagan maqsadlarga erishish nafaqat Ukraina inqirozini tartibga solish, balki Yevroosiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish va manfaatlar muvozanatiga asoslangan jahon tartibini shakllantirishga ham xizmat qiladi.