Sudyalar maqomi bo‘yicha qonun loyihasi ikkinchi o‘qishdan o‘tdi — nimalar o‘zgaradi

© iStock / AndreyPopovSudya chitayet dokumenti.
Sudya chitayet dokumenti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2026
Obuna bo‘lish
Ikkinchi o‘qishga qadar sudyaning siyosiy va tashqi ta’sirlardan xoliligi, iste’fodagi sudya maqomi va intizomiy javobgarlik mezonlari aniqlashtirildi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Qonunchilik palatasi "Sudyaning maqomi to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi, deb xabar berdi palata matbuot xizmati.
Ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida sudya faoliyatining ayrim prinsiplari qayta ishlandi. Xususan, sudya qaror qabul qilishda siyosiy qarashlar va boshqa tashqi ta’sirlardan xoli bo‘lishi alohida prinsip sifatida mustahkamlanmoqda.
Iste’fodagi sudya maqomi ham aniqlashtirildi. Unga guvohnoma beriladi, o‘z roziligi bilan sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatiga jalb qilinishi va professional mediator sifatida ishlashi mumkin bo‘ladi.
Sudyalik davrida odil sudlov bilan bog‘liq bildirgan fikrlari va qabul qilgan qarorlari uchun daxlsizlik kafolati saqlanadi.
Shuningdek, sudyani intizomiy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladigan harakatlar aniqlashtirildi. "Qo‘pol ravishda" qoidabuzarlik tushunchasi ochib berilmoqda, bunday holatni yuqori instansiya sudi aniqlab, xususiy ajrimda qayd etishi belgilanmoqda.
Loyihada avval e’lon qilingan asosiy o‘zgarishlar ham saqlangan: sudya va xalq maslahatchilari uchun minimal yosh 35 dan 30 yoshga tushiriladi, sudya dastlab besh yilga, keyin esa muddatsiz davrga tayinlanadi. Amaldagi qonun bo‘yicha sudya avval 5-yilga, so‘ng 10-yilga va shundan keyingina muddatsiz tayinlanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, sudyaning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashish, jumladan, muayan ish bo‘yicha noqonuniy qaror chiqarishga ta’sir ko‘rsatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2026
Mirziyoyev “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasini ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0