Rossiya–Mo‘g‘uliston–Xitoy yo‘lagi, aviaqatnovlar va Buyuk choy yo‘li: forum tafsilotlari
Rossiya–Mo‘g‘uliston–Xitoy yo‘lagi, aviaqatnovlar va Buyuk choy yo‘li: forum tafsilotlari
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Mo‘g‘uliston savdo, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda. Yarim yilda tovar ayirboshlash 18 foizga o‘sdi, Moskva — Ulan-Bator to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysini tiklash ham ko‘rib chiqilmoqda.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya va Mo‘g‘uliston savdo, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Ulan-Batorda o‘tgan Rossiya va Mo‘g‘uliston hududlarining II forumida ma’lum qildi.2025 yil yakunida ikki davlat o‘rtasidagi savdo 4 foizga o‘sib, 2,69 mlrd dollarni tashkil etdi. 2026-yil birinchi yarmida esa tovar ayirboshlash 18 foizga oshib, 1,58 mlrd dollarga yetdi.Overchukning so‘zlariga ko‘ra, "Ulan-Bator temir yo‘li" orqali tashish hajmi rekord darajaga yetmoqda. U Rossiya — Mo‘g‘uliston — Xitoy iqtisodiy yo‘lagining asosiy transport bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.Turizm ham o‘sish nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro turistik safarlar soni qariyb 500 mingtaga yetgan, ularning 95 foizi avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri keladi.Rossiyaning 19 ta hududi ushbu loyihada ishtirok etishga tayyor.Forum doirasida Overchuk Mo‘g‘uliston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Jadambin Enxbayar bilan uchrashdi. Tomonlar Rossiya — Mo‘g‘uliston — Xitoy iqtisodiy yo‘lagini rivojlantirish, YeOII bilan vaqtinchalik savdo bitimi imkoniyatlaridan foydalanish va ikki mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining bozorlarga kirishini yengillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishdi.
2026 yil birinchi yarmida Rossiya va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo 18 foizga o‘sib, 1,58 mlrd dollarga yetdi. 22-iyuldan YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimi amal qilmoqda.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya va Mo‘g‘uliston savdo, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Ulan-Batorda o‘tgan Rossiya va Mo‘g‘uliston hududlarining II forumida ma’lum qildi.
2025 yil yakunida ikki davlat o‘rtasidagi savdo 4 foizga o‘sib, 2,69 mlrd dollarni tashkil etdi. 2026-yil birinchi yarmida esa tovar ayirboshlash 18 foizga oshib, 1,58 mlrd dollarga yetdi.
22 iyuldan kuchga kirgan YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimi doirasida Mo‘g‘uliston uchun muhim bo‘lgan qator tovarlar, jumladan, jun, kashmir, teri va go‘shtni YeOII bozoriga bojsiz olib kirish imkoniyati yaratildi.
Overchukning so‘zlariga ko‘ra, "Ulan-Bator temir yo‘li" orqali tashish hajmi rekord darajaga yetmoqda. U Rossiya — Mo‘g‘uliston — Xitoy iqtisodiy yo‘lagining asosiy transport bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.
Turizm ham o‘sish nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro turistik safarlar soni qariyb 500 mingtaga yetgan, ularning 95 foizi avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tomonlar Moskva va Ulan-Bator o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash imkoniyatini ham o‘rganmoqda. Turistik oqimni oshirish uchun "Buyuk choy yo‘li" loyihasi doirasida qo‘shma yo‘nalishlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Rossiyaning 19 ta hududi ushbu loyihada ishtirok etishga tayyor.
Forum doirasida Overchuk Mo‘g‘uliston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Jadambin Enxbayar bilan uchrashdi. Tomonlar Rossiya — Mo‘g‘uliston — Xitoy iqtisodiy yo‘lagini rivojlantirish, YeOII bilan vaqtinchalik savdo bitimi imkoniyatlaridan foydalanish va ikki mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining bozorlarga kirishini yengillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishdi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.