https://oz.sputniknews.uz/20260914/uzbekistan-geologiya-malumotlar-onlayn-60425957.html
O‘zbekistonda investorlar geologik ma’lumotlarni onlayn ola boshlaydi
O‘zbekistonda investorlar geologik ma’lumotlarni onlayn ola boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2027-yil boshida ochiq geologik ma’lumotlar bazasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda 30 mingdan ortiq geologik hisobot raqamlashtirildi, ikkinchi bosqich esa yakunlanmoqda.
2026-09-14T11:36+0500
2026-09-14T11:36+0500
2026-09-14T11:51+0500
tog‘-kon va geologiya vazirligi
xalqaro konferensiya
raqamli texnologiyalar
o‘zbekiston
hamkorlik
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0e/60425428_531:806:2730:2043_1920x0_80_0_0_acb76f26132637e0d46aefa06b4847dd.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda investorlarga geologik ma’lumotlarga onlayn kirish imkonini beradigan ochiq ma’lumotlar bazasini 2027-yil boshida ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova GEOMIN-2026 xalqaro ilmiy konferensiyasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi baza investorlarga bir necha marta bosish orqali zarur geologik ma’lumotlarga kirish imkonini beradi. Bu ma’lumotlarni qidirishga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni qisqartiradi.Loyihaning birinchi bosqichida 30 mingdan ortiq geologik hisobot raqamlashtirildi. Hozir ikkinchi bosqich yakunlanmoqda.Shuningdek, vazirlik huzurida sohani, jumladan geologiya yo‘nalishini raqamlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Texnologik transformatsiya markazi tashkil etildi.GEOMIN-2026 konferensiyasi doirasida O‘zbekistonda geologik namunalarni tahlil qilish uchun nanolaboratoriya tashkil etilishi ham ma’lum qilindi.Texnologik metallar kombinati negizida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan nanolaboratoriya ochiladi.Hamidovaning so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya yiliga 300 mingtagacha namunani tahlil qila oladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260610/tog-kon-sanoati-58234919.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0e/60425428_747:560:2730:2048_1920x0_80_0_0_5b506315b89f5536ce1beeb7debd2b15.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tog‘-kon va geologiya vazirligi, xalqaro konferensiya, raqamli texnologiyalar, o‘zbekiston, hamkorlik, jamiyat
tog‘-kon va geologiya vazirligi, xalqaro konferensiya, raqamli texnologiyalar, o‘zbekiston, hamkorlik, jamiyat
O‘zbekistonda investorlar geologik ma’lumotlarni onlayn ola boshlaydi
11:36 14.09.2026 (yangilandi: 11:51 14.09.2026) Kelgusi yil boshidan investorlar geologik ma’lumotlarga bir necha marta bosish orqali onlayn kirish imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda investorlarga geologik ma’lumotlarga onlayn kirish imkonini beradigan ochiq ma’lumotlar bazasini 2027-yil boshida ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova GEOMIN-2026 xalqaro ilmiy konferensiyasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi baza investorlarga bir necha marta bosish orqali zarur geologik ma’lumotlarga kirish imkonini beradi. Bu ma’lumotlarni qidirishga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni qisqartiradi.
“O‘ylaymanki, kelgusi yil boshida ushbu baza ishga tushiriladi”, — dedi Hamidova.
Loyihaning birinchi bosqichida 30 mingdan ortiq geologik hisobot raqamlashtirildi. Hozir ikkinchi bosqich yakunlanmoqda.
Shuningdek, vazirlik huzurida sohani, jumladan geologiya yo‘nalishini raqamlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Texnologik transformatsiya markazi tashkil etildi.
Hamidovaning so‘zlariga ko‘ra, markaz geologik ma’lumotlar bazasi va geoportalni yaratish ishlarini tezlashtiradi.
GEOMIN-2026 konferensiyasi doirasida O‘zbekistonda geologik namunalarni tahlil qilish uchun nanolaboratoriya tashkil etilishi ham ma’lum qilindi.
Texnologik metallar kombinati negizida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan nanolaboratoriya ochiladi.
Hamidovaning so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya yiliga 300 mingtagacha namunani tahlil qila oladi.
“Sinamalarni chet elga olib chiqish shart bo‘lmaydi, bularning barchasini mamlakatda amalga oshirish mumkin bo‘ladi”, — dedi u.