https://oz.sputniknews.uz/20260914/south-korea-central-asia-60422651.html
Koreya texnologiyalari va Markaziy Osiyo minerallari bir zanjirga birlashadi
Koreya texnologiyalari va Markaziy Osiyo minerallari bir zanjirga birlashadi
Sputnik O‘zbekiston
Seulda Markaziy Osiyoning besh davlati va Janubiy Koreya muhim minerallar, zavodlarni modernizatsiya qilish va aqlli texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston ham qatnashdi.
2026-09-14T09:58+0500
2026-09-14T09:58+0500
2026-09-14T10:00+0500
janubiy koreya
qazilma boyliklari
hamkorlik
markaziy osiyo
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0e/60422480_0:135:1448:950_1920x0_80_0_0_b77ea43d22ac47bfba1a4c3746a623c1.png
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari o‘zlarining boy mineral resurslarini Janubiy Koreyaning ilg‘or qayta ishlash texnologiyalari bilan bog‘lashga kelishdi. Bu haqda "Yonhap" Koreya Sanoat va savdo vazirligiga tayanib xabar berdi.Seulda Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston sanoat vazirlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tomonlar muhim minerallar bo‘yicha yetkazib berish zanjirlarini mustahkamlash, Markaziy Osiyoda sanoat majmualari va zamonaviy infratuzilma barpo etish, korxonalarni modernizatsiya qilishda Koreya ishtirokini kengaytirishga kelishib oldi.Hamkorlik faqat xomashyo yetkazib berish bilan cheklanmay, uni qayta ishlash va keyingi ishlab chiqarish bosqichlarini ham qamrab olishi ko‘zda tutilgan.Shuningdek, Koreya Markaziy Osiyo korxonalarida “aqlli” texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashadi, yosh mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish kengaytiriladi.Uchrashuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi kunlarida o‘tkazildi. 14-sentabr kuni Mirziyoyev va Koreya prezidenti Li Chje Monning muzokaralari, 16-sentabrda esa birinchi “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260913/uzbekistan-south-korea-hamkorlar-60417656.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0e/60422480_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_a108b2fa57fe7f11da697a5872c5388e.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy koreya, qazilma boyliklari, hamkorlik, markaziy osiyo, jamiyat
janubiy koreya, qazilma boyliklari, hamkorlik, markaziy osiyo, jamiyat
Koreya texnologiyalari va Markaziy Osiyo minerallari bir zanjirga birlashadi
09:58 14.09.2026 (yangilandi: 10:00 14.09.2026) O‘zbekiston ham qatnashgan uchrashuvda Markaziy Osiyo minerallarini Koreyaning qayta ishlash texnologiyalari bilan bog‘lashga kelishildi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari o‘zlarining boy mineral resurslarini Janubiy Koreyaning ilg‘or qayta ishlash texnologiyalari bilan bog‘lashga kelishdi. Bu haqda "Yonhap" Koreya Sanoat va savdo vazirligiga tayanib
xabar berdi.
Seulda Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston sanoat vazirlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar muhim minerallar bo‘yicha yetkazib berish zanjirlarini mustahkamlash, Markaziy Osiyoda sanoat majmualari va zamonaviy infratuzilma barpo etish, korxonalarni modernizatsiya qilishda Koreya ishtirokini kengaytirishga kelishib oldi.
Eng muhim yo‘nalishlardan biri Markaziy Osiyoning mineral resurslarini Koreyaning ilg‘or qayta ishlash texnologiyalari bilan birlashtirish bo‘ladi.
Hamkorlik faqat xomashyo yetkazib berish bilan cheklanmay, uni qayta ishlash va keyingi ishlab chiqarish bosqichlarini ham qamrab olishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Koreya Markaziy Osiyo korxonalarida “aqlli” texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashadi, yosh mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish kengaytiriladi.
Uchrashuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi kunlarida o‘tkazildi. 14-sentabr kuni Mirziyoyev va Koreya prezidenti Li Chje Monning muzokaralari, 16-sentabrda esa birinchi “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.