2030 yilga borib o‘quv materiallarining 70 foizdan ortig‘i SI yordamida yaratiladi — Falkov
2030 yilga borib o‘quv materiallarining 70 foizdan ortig‘i SI yordamida yaratiladi — Falkov
Sputnik O‘zbekiston
Valeriy Falkov 2030-yilga borib o‘quv materiallarining 70 foizdan ortig‘i AI yordamida yaratilishini aytdi. Rossiya OTMlarida ikki majburiy AI-modulni joriy etish ham taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. 2030-yilga borib o‘quv materiallarining 70 foizdan ortig‘i sun’iy intellekt yordamida yaratiladi. Bu haqda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov Yekaterinburgda o‘tayotgan Xalqaro yoshlar festivalida ma’lum qildi.Falkovning aytishicha, Rossiya OTMlarida sun’iy intellekt bo‘yicha ikkita majburiy o‘quv kursini joriy etish taklif qilinmoqda.Birinchi kurs barcha talabalar uchun SI asoslariga bag‘ishlanadi, ikkinchisi esa sun’iy intellektdan muayan kasb va sohalarda foydalanishni o‘rgatadi.Bazaviy modulni dastlab yangi oliy ta’lim modeli 17 ta universitetda sinovdan o‘tkazish taklif etilgan.Taqdimotdagi prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib OTMlarning 60 foizdan ortig‘i an’anaviy va onlayn ta’lim imkoniyatlarini birlashtirgan aralash modelga o‘tadi.Falkov avvalroq SIdan foydalanishni taqiqlash emas, balki uni ta’lim jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish zarurligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, texnologiya vazifalarni tezroq bajarishga yordam bersa-da, unga ortiqcha bog‘lanish uzoq muddatda talabalar bilimi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri sun’iy intellekt ta’limda alohida vosita emas, balki tizim asoslanadigan infratuzilmaga aylanishini aytdi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. 2030-yilga borib o‘quv materiallarining 70 foizdan ortig‘i sun’iy intellekt yordamida yaratiladi. Bu haqda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov Yekaterinburgda o‘tayotgan Xalqaro yoshlar festivalida ma’lum qildi.
“Sun’iy intellekt ta’lim tizimida sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar asoslanadigan infratuzilma sifatida qaralishi kerak”, — dedi Falkov.
Falkovning aytishicha, Rossiya OTMlarida sun’iy intellekt bo‘yicha ikkita majburiy o‘quv kursini joriy etish taklif qilinmoqda.
Birinchi kurs barcha talabalar uchun SI asoslariga bag‘ishlanadi, ikkinchisi esa sun’iy intellektdan muayan kasb va sohalarda foydalanishni o‘rgatadi.
Bazaviy modulni dastlab yangi oliy ta’lim modeli 17 ta universitetda sinovdan o‘tkazish taklif etilgan.
Shuningdek, yagona raqamli ta’lim platformasi va talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Taqdimotdagi prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib OTMlarning 60 foizdan ortig‘i an’anaviy va onlayn ta’lim imkoniyatlarini birlashtirgan aralash modelga o‘tadi.
Falkov avvalroq SIdan foydalanishni taqiqlash emas, balki uni ta’lim jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish zarurligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, texnologiya vazifalarni tezroq bajarishga yordam bersa-da, unga ortiqcha bog‘lanish uzoq muddatda talabalar bilimi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Xalqaro yoshlar festivali 11–17 sentabr kunlari Yekaterinburgda o‘tmoqda. Unda 10 ming nafar yosh ishtirok etapti. Festivalga arizalar 191 mamlakatdan kelib tushgan, O‘zbekiston esa MDH davlatlari orasida eng yirik delegatsiyalardan biri bilan qatnashmoqda.