Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII bojxonachilari xavfli yetkazib berishlarni aniqlash bo‘yicha yondashuvlarni yaqinlashtiradi

© FTS RossiiSoveshanii natsionalnix operatorov stran YeAES
Soveshanii natsionalnix operatorov stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2026
Obuna bo‘lish
YeOII bojxona xizmatlari xavflarni boshqarish, axborot almashinuvi va nazorat yondashuvlarini yanada yaqinlashtirishga qaror qildi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bojxona xizmatlari xavflarni boshqarish tizimini takomillashtirish va axborot almashinuvini kuchaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati xabar berdi.
Qozonda YeOIIga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari Birlashgan hay’ati huzuridagi ishchi guruhning 66-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya bojxona xizmatlari ekspertlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishning asosiy mavzusi bojxona organlarida xavflarni boshqarish tizimini rivojlantirish bo‘ldi. Yevroosiyo hukumatlararo kengashi topshirig‘iga binoan, ishchi guruh faoliyatiga ilk bor Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi vakillari ham qo‘shildi.
Tomonlar, jumladan, soliq yuki yuqori bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini muhokama qildi. Bunday tovarlar bo‘yicha nazorat yondashuvlarini muvofiqlashtirish va ma’lumot almashinuvini kengaytirish yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda bojxona nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Muhokamalar yakunlari bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihalari YeOII davlatlari bojxona xizmatlarining Birlashgan hay’ati navbatdagi yig‘ilishiga kiritiladi.
Shuningdek, Minskda “YeOII 2.0: bojxona ma’murchiligining transformatsiyasi va istiqbollari” xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi. Unda bojxona deklaratsiyasi, nazorat va axborot tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, Ittifoq davlatlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Flagi Uzbekistana i YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII O‘zbekiston bilan bojxona sohasidagi shartnoma bo‘yicha sezilarli natijaga erishdi
Yangiliklar lentasi
0