Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Miroshnik: UQK askarlarining 70-75 foizi majburan safarbar etilgan

© AP Photo / LibkosUkrainskie soldati. Arxivnoe foto
Ukrainskie soldati. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Obuna bo‘lish
Kiyev rejimi armiyada shaxsiy tarkib yetishmovchiligiga duch kelmoqda,
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Ukraina armiyasi shaxsiy tarkibining qariyb 70-75 foizi majburan safarbar etilganlar. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik.

“Ukraina armiyasi tarkibida bugungi kunda taxminan 70-75 foizini majburan safarbar etilganlar tashkil etadi”, - dedi Miroshnik RIA Novosti bilan suhbatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning jangga ishtiyoq bilan kirishayotgani haqida gapirish juda katta mubolag‘a bo‘lgan bo‘lardi.

“Ukraina armiyasida zo‘rlab safarbar etilganlar bo‘ladigan majburlov tizimi tashkil etilgan, va keyinchalik ularni qo‘yib yuborishmaydi", - deya qo‘shimcha qildi diplomat.

Miroshnik Ukraina armiyasida g‘ayratli odamlar juda kamligini ta’kidladi.
Kiyev rejimi Ukraina Qurolli Kuchlarida shaxsiy tarkib yetishmovchiligiga duch kelmoqda, harbiy komissariyat xodimlarining safarbarlikka chaqirilganlarni qo‘lga olishdagi zo‘ravonlik harakatlari esa doimiy ravishda janjallarga sabab bo‘lmoqda va noroziliklarni keltirib chiqarmoqda.
Internetda Ukraina Qurolli Kuchlarida kuch ishlatish yo‘li bilan safarbarlik o‘tkazilayotgani haqidagi videolar keng tarqalmoqda. Ularda Ukraina harbiy komissarliklari vakillari erkaklarni mikroavtobuslarda olib ketayotgani, ko‘pincha ushlanganlarni kaltaklayotgani va ularga nisbatan kuch ishlatayotgani tasvirlangan.
Shu bilan birga, Ukrainada harbiy yoshdagi erkaklar harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash uchun barcha choralarni ko‘rmoqda: mamlakatni noqonuniy ravishda tark etmoqda, harbiy komissariatlarni yoqib yubormoqda, uylarda berkinib, ko‘chaga chiqmayapti.
Ukrainskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Oliy rada ombudsmani: jang qilayotganlar kamaymoqda, Ukraina armiyasi qog‘ozdagina o‘smoqda
Yangiliklar lentasi
0