https://oz.sputniknews.uz/20260911/shovqin-taqiq-60362700.html
O‘zbekistonda dam olish kunlari soat 22:00 dan keyin ortiqcha shovqin qilish taqiqlanmoqda
O‘zbekistonda dam olish kunlari soat 22:00 dan keyin ortiqcha shovqin qilish taqiqlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tungi vaqtda fuqarolar tinchini buzishgan jarimaga tortilishi va ulardan kompensatsiya undirilishi mumkin. 11.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-11T11:00+0500
2026-09-11T11:00+0500
2026-09-11T11:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0f/31477246_0:135:2592:1593_1920x0_80_0_0_536b269f3cb64bcd38749ca21354ad60.jpg
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekistonda ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha shovqin chiqarish taqiqlanadi. Bu prezident imzolagan “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda ko‘zda tutilgan.Qonunga ko‘ra, odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan, inson organizmining funksional tizimlarida va shovqinga sezgir bo‘lgan a’zolarida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydigan hamda sanitariya qoidalari va normalarida belgilanadigan shovqin darajasi shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasi hisoblanadi.Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi. Shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan yuqori, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqinlar jumlasiga quyidagilar kiradi:Shovqinning zararli ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirilishi mumkin. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250923/shovqin-himoya-qonun-dam-vaqt-qurilish-ish-transport-javobgarlik-52176528.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0f/31477246_144:0:2448:1728_1920x0_80_0_0_930b9d8ebd5c674e47404d2fa4655de3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekistonda dam olish kunlari soat 22:00 dan keyin ortiqcha shovqin qilish taqiqlanmoqda
Tungi vaqtda fuqarolar tinchini buzishgan jarimaga tortilishi va ulardan kompensatsiya undirilishi mumkin.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekistonda ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha shovqin chiqarish taqiqlanadi. Bu prezident imzolagan “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda ko‘zda
tutilgan. Qonunga ko‘ra, odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan, inson organizmining funksional tizimlarida va shovqinga sezgir bo‘lgan a’zolarida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydigan hamda sanitariya qoidalari va normalarida belgilanadigan shovqin darajasi shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasi hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan yuqori, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqinlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
turar joy binolari hududida insonlarning maishiy, uy-xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan shovqin;
qurilish maydonlaridagi mehnat faoliyati tufayli hamda qurilish texnikasi va transport vositalaridan yuzaga keladigan shovqin;
turli toifadagi transportlarning ishlashi va harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan shovqin va boshqalar.
Shovqinning zararli ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirilishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.