O‘zbekiston va Yaponiya 12 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishni tezlashtiradi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliZasedanie Uzbeksko-Yaponskogo i Yaponsko-Uzbekskogo komitetov po ekonomicheskomu sotrudnichestvu
Zasedanie Uzbeksko-Yaponskogo i Yaponsko-Uzbekskogo komitetov po ekonomicheskomu sotrudnichestvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Yaponiya 12 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish va yangi investitsiya yo‘nalishlarini belgiladi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston–Aponiya va Yaponiya–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik qo‘mitalari 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yaponiya tomonidan tadbirda 130 tadan ortiq davlat idoralari, moliya institutlari va yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi. Tomonlar 12 mlrd dollarlik 75 ta qo‘shma loyiha portfelini amaliy bosqichga o‘tkazish masalasini muhokama qildi
Mazkur 12 mlrd dollarlik portfel 2025-yil dekabrda prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi doirasida shakllantirilgan edi.

Energetika, kimyo sanoati, mashinasozlik, kritik minerallar, sog‘liqni saqlash va AT yangi loyihalar uchun ustuvor sohalar sifatida belgilandi. Korxonalarni modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xomashoni chuqur qayta ishlash va raqamlashtirishga ham urg‘u berildi.

Yapon investorlarining loyihalarga kirishini yengillashtirish uchun davlat kafolatisiz moliyalashtirishni kengaytirish va maxsus iqtisodiy zona tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Avvalroq Samarqand viloyatida Yaponiya modeli va standartlari asosida maxsus iqtisodiy zona tashkil etish taklif qilingan edi.
AT sohasida ham amaliy baza shakllangan. JETRO ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil dekabr holatida IT Park Uzbekistan rezidentlari orasida 26 ta Yaponiya kompaniyasi bo‘lgan. Shu yili IT Parkning Tokiodagi vakolatxonasi ham ochilgan.
2025 yil oxiriga kelib Yaponiya bilan umumiy loyihalar portfeli 20 mlrd dollardan oshgan.
Mirziyoyev obsudil novie proyekti s Koreyey, Yaponiyey i ACWA Power - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
Mirziyoyev Koreya, Yaponiya va ACWA Power delegatsiyalari bilan yangi loyihalarni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0