https://oz.sputniknews.uz/20260910/korxonalar-mis-xarid-60344387.html
O‘zbekistonda korxonalar mis xomashosini 25 foiz to‘lov bilan xarid qilishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda korxonalar mis xomashosini 25 foiz to‘lov bilan xarid qilishi mumkin bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Taqdimotda elektrotexnika korxonalari uchun 50 mln dollar resurs ajratish, mis xaridini moliyalashtirish, kredit ta’minotini yengillashtirish va soliq-bojxona imtiyozlarini 2030-yilgacha uzaytirish taklif qilindi.
2026-09-10T16:55+0500
2026-09-10T16:55+0500
2026-09-10T17:21+0500
shavkat mirziyoyev
mis
imtiyoz
eksport
investitsiya
kredit
bojxona
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0a/60344212_0:197:1900:1266_1920x0_80_0_0_4598271bd3514ade11bd8d52e903e10d.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda tarmoq korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi taklif etildi. Kreditlar bo‘yicha eksport shartnomalari va sug‘urta polislari kabi boshqa ta’minot turlarini ham qabul qilish, investitsiya loyihalari uchun milliy va xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarning bir qismini uch yil davomida qoplab berish taklif qilindi.Kamida 50 million dollar sarmoya kiritadigan yirik xalqaro brendlarga soliq imtiyozlari va infratuzilmaga ega tayyor binolar taklif etiladi. Shuningdek, elektrotexnika korxonalari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini 2030-yilgacha uzaytirish nazarda tutilmoqda.Eksportni kengaytirish uchun xorijda savdo omborlari tashkil etish, sertifikatlash va tashqi bozorlarga chiqish jarayonlarini yengillashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, yangi mahsulotlarni raqamli modellashtirish, sinovdan o‘tkazish va prototiplar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan To‘rtinchi sanoat inqilobi ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazini tashkil etish taklif qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20251009/elektrotexnika-eksport-milliard-dollar-52560078.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0a/60344212_212:0:1900:1266_1920x0_80_0_0_6f4b92f7f9ef6a519b3548baf586e3fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, mis, imtiyoz, eksport, investitsiya, kredit, bojxona, iqtisod, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, mis, imtiyoz, eksport, investitsiya, kredit, bojxona, iqtisod, o‘zbekiston
O‘zbekistonda korxonalar mis xomashosini 25 foiz to‘lov bilan xarid qilishi mumkin bo‘ladi
16:55 10.09.2026 (yangilandi: 17:21 10.09.2026) Elektrotexnika korxonalari mis xomashosi qiymatining 25 foizini to‘lab, qolgan 75 foizini 90 kun ichida qaytarishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda tarmoq korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi taklif etildi.
Unga ko‘ra, mis xomashosini xarid qilishda to‘lovning 25 foizini korxonalar, qolgan 75 foizini “O‘zsanoateksport” AJ amalga oshiradi. Korxonalar mablag‘ni 90 kun ichida yillik 6 foizgacha stavkada qaytaradi. Buning uchun 50 million dollar resurs yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Kreditlar bo‘yicha eksport shartnomalari va sug‘urta polislari kabi boshqa ta’minot turlarini ham qabul qilish, investitsiya loyihalari uchun milliy va xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarning bir qismini uch yil davomida qoplab berish taklif qilindi.
Kamida 50 million dollar sarmoya kiritadigan yirik xalqaro brendlarga soliq imtiyozlari va infratuzilmaga ega tayyor binolar taklif etiladi. Shuningdek, elektrotexnika korxonalari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini 2030-yilgacha uzaytirish nazarda tutilmoqda.
Eksportni kengaytirish uchun xorijda savdo omborlari tashkil etish, sertifikatlash va tashqi bozorlarga chiqish jarayonlarini yengillashtirish rejalashtirilgan.
Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston va Iroqqa kompleks texnologik yechimlar eksportini oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yangi mahsulotlarni raqamli modellashtirish, sinovdan o‘tkazish va prototiplar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan To‘rtinchi sanoat inqilobi ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazini tashkil etish taklif qilindi.