https://oz.sputniknews.uz/20260910/davlat-xaridlar-narx-ai-tahlil-60346949.html
Davlat xaridlarida narxlarni sun’iy intellekt ham tahlil qiladi
Davlat xaridlarida narxlarni sun’iy intellekt ham tahlil qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat xaridlarining o‘rtacha bozor va boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi tasdiqlandi. Dastlab 60 turdagi tovar narxi sun’iy intellekt yordamida ham tahlil qilinadi.
2026-09-10T19:03+0500
2026-09-10T19:03+0500
2026-09-10T19:03+0500
davlat xaridlari
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
yangi qonun
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1b/44082528_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_7c0a24c15f31f291e8371b4ef863500f.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarning bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlashning yangi tartibi joriy etildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 8-sentabrdagi 480-son qarorida belgilangan. Hujjat 9-sentabrdan kuchga kirdi.Yangi tartibga ko‘ra, davlat buyurtmachilari xaridni boshlashdan oldin uning o‘rtacha bozor narxini davlat xaridlari maxsus axborot portalidagi “Narxlar moduli” orqali o‘rganadi.“Narxlar moduli” avvalgi davlat xaridlari va boshqa ishonchli manbalardagi narxlarni jamlaydi. Tizim yetkazib beruvchilardan elektron narx takliflarini olish, eng past, eng yuqori va o‘rtacha narxlarni avtomatik hisoblash imkonini beradi. Narxlar o‘rtasida keskin tafovut aniqlansa, qo‘shimcha o‘rganish zarurligi haqida ogohlantiriladi.Dastlabki bosqichda 60 turdagi tovar bo‘yicha sun’iy intellekt mahsulot xususiyatlari va so‘nggi narxlarni tahlil qilib, o‘rtacha bozor narxi, narx chegaralari va ularning o‘zgarish dinamikasini avtomatik aniqlaydi. Keyinchalik bunday tovarlar ro‘yxatini kengaytirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260414/xususiylashtirish-soliq-xarajat-imf-tavsiyalar-56893638.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1b/44082528_69:0:2800:2048_1920x0_80_0_0_4755e4ae6e00ffec00f2f13506358fed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat xaridlari, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, yangi qonun, o‘zbekiston, jamiyat
davlat xaridlari, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, yangi qonun, o‘zbekiston, jamiyat
Davlat xaridlarida narxlarni sun’iy intellekt ham tahlil qiladi
Davlat buyurtmachilari tovar, ish va xizmatlarni xarid qilishdan oldin ularning bozor narxini maxsus elektron modul orqali tekshiradi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarning bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlashning yangi tartibi joriy etildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 8-sentabrdagi 480-son qarorida
belgilangan. Hujjat 9-sentabrdan kuchga kirdi.
Yangi tartibga ko‘ra, davlat buyurtmachilari xaridni boshlashdan oldin uning o‘rtacha bozor narxini davlat xaridlari maxsus axborot portalidagi “Narxlar moduli” orqali o‘rganadi.
Tizimda o‘rtacha bozor narxi va uning asosida belgilangan boshlang‘ich narx ko‘rsatilgan elektron ma’lumotnoma shakllantiriladi. Davlat xaridi ushbu ma’lumotnomada ko‘rsatilgan boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lmagan qiymatda amalga oshiriladi.
“Narxlar moduli” avvalgi davlat xaridlari va boshqa ishonchli manbalardagi narxlarni jamlaydi. Tizim yetkazib beruvchilardan elektron narx takliflarini olish, eng past, eng yuqori va o‘rtacha narxlarni avtomatik hisoblash imkonini beradi. Narxlar o‘rtasida keskin tafovut aniqlansa, qo‘shimcha o‘rganish zarurligi haqida ogohlantiriladi.
Dastlabki bosqichda 60 turdagi tovar bo‘yicha sun’iy intellekt mahsulot xususiyatlari va so‘nggi narxlarni tahlil qilib, o‘rtacha bozor narxi, narx chegaralari va ularning o‘zgarish dinamikasini avtomatik aniqlaydi. Keyinchalik bunday tovarlar ro‘yxatini kengaytirish rejalashtirilgan.