O‘zbekiston va Xakasiya o‘zaro sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqadi

© Sputnik / Ilya Naimushin / Mediabankka o‘tishOzero Belyo v Xakasii
Ozero Belyo v Xakasii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Xakasiya turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish, infoturlar tashkil etish va yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga kelishdi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining Xakasiya Respublikasi turizm sohasida o‘zaro infoturlar tashkil etish va sayyohlar uchun yangi yo‘nalishlar ishlab chiqishga kelishdi. Bu haqda Xakasiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
7 sentabr kuni videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro sayyohlik oqimini oshirish, mintaqaviy turistik brendlarni targ‘ib qilish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri O‘zbekistondan Xakasiyaga va Xakasiyadan O‘zbekistonga turizm sohasi vakillari uchun tanishuv infoturlarini tashkil etish bo‘ldi.
Bu tashabbus turoperatorlarni ikki hududning sayyohlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish va yangi turistik takliflar shakllantirishga qaratilgan.
Shuningdek, tomonlar yaqin istiqbolda turizm va madaniy-gumanitar salohiyat taqdimotlarini o‘tkazish, sayyohlar uchun aniq marshrut va dasturlarni ishlab chiqishga kelishib oldi.
Xakasiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Roman Kovtun mintaqada O‘zbekistondan sayyohlarni jalb qilishga qiziqish yuqori ekanini ta’kidladi.
“Biz O‘zbekistondan sayyohlarni jalb qilishga qiziqamiz va aholimizning O‘zbekiston bo‘ylab faolroq sayohat qilishida ham katta salohiyatni ko‘ramiz”, — dedi u.
Uchrashuvda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, mamlakatning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi, Xakasiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi va mintaqaning sayyohlik axborot markazi vakillari ishtirok etdi.
Semeynoe puteshestvie po Uzbekistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
Rossiyaliklarga O‘zbekistonda oilaviy dam olish uchun maxsus dasturlar taklif etiladi
Yangiliklar lentasi
0