O‘zbekistonda barcha biznes subyektlari xatlovdan o‘tkaziladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey itogov perepisi naseleniya i selskogo xozaystva
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey itogov perepisi naseleniya i selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Obuna bo‘lish
Mamlakatda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 23 foizni yoki 246 trillion so‘mni tashkil etmoqda.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev milliy statistika tizimidagi islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida umumiy aylanmaning 60 foizi kuzatilmaydigan iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatda mehnat bilan band bo‘lgan 15,2 million kishining 6,5 millioni yoki 42 foizining daromadlari rasmiy hisoblarda to‘liq aks etmayapti.
Ayni paytda ro‘yxatdan o‘tgan ko‘plab kichik va o‘rta biznes subyektlari amalda ishlamaydi yoki faoliyatini to‘xtatgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, iqtisodiy aylanmadagi har 4–5 so‘mning bir so‘mi rasmiy statistikadan chetda qolmoqda. Ushbu faoliyatni tartibga solish budjetga qo‘shimcha o‘nlab trillion so‘m tushum keltirishi va kelgusida soliq yukini kamaytirish imkonini berishi mumkin.
Shu munosabat bilan 15-oktabrdan 30-noyabrga qadar biznesni ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish taklifi ma’qullandi.
Uning doirasida mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha iqtisodiy birliklar xatlovdan o‘tkaziladi. Korxona va tashkilotlarning amaldagi holati, tarkibi hamda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimotiga aniqlik kiritiladi.
Shuningdek, 2030-yilgacha:
tadbirkorlarning statistik hisobot yukini 20 foizga qisqartirish;
ma’muriy va muqobil ma’lumot manbalari sonini 1,7 barobar oshirish;
ma’lumotlarga ishlov berish vaqtini 20 foizga kamaytirish;
statistik ma’lumotlarni tayyorlash xarajatlarini 25 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.
2027 yil 1-iyulga qadar Milliy ma’lumotlar platformasi ishga tushiriladi. U davlat idoralaridagi ma’lumotlarni yagona tizimga birlashtirish, ularning sifati va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu sanadan statistik ma’lumotlarni sun’iy intellekt tizimlari o‘qiy oladigan formatlarda e’lon qilish ham rejalashtirilgan. Ko‘rsatkichlarni taqqoslash va chuqur tahlil qilish uchun sun’iy intellekt agentlari joriy etiladi.
2027 yil yakuniga qadar aholi, demografiya, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va hududiy rivojlanishga oid ma’lumotlar geofazoviy raqamli xaritalarda aks ettiriladi.
Neformalnaya tenevaya ekonomika v VVP Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
O‘zbekiston YaIMda norasmiy va yashirin iqtisodiyot ulushi — infografika
Yangiliklar lentasi
0