https://oz.sputniknews.uz/20260902/tashkent-samarkand-yashil-shaharlar-tarmoq-60139953.html
Toshkent va Samarqand BMTning Yashil shaharlar tarmog‘iga qo‘shildi
Toshkent va Samarqand BMTning Yashil shaharlar tarmog‘iga qo‘shildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Samarqand FAOning Yashil shaharlar tarmog‘iga a’zo bo‘ldi. Bu ularga texnik ko‘mak olish, tajriba almashish va ekologik loyihalarga investitsiya jalb qilish imkonini beradi.
2026-09-02T11:33+0500
2026-09-02T11:33+0500
2026-09-02T11:44+0500
ekologiya
ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
bmt
o‘zbekiston
sertifikat
jamiyat
toshkent
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/06/59520584_0:160:1536:1024_1920x0_80_0_0_02b1f36195b7df7c413602c96c6f608d.png
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Toshkent va Samarqand BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAOning Yashil shaharlar tarmog‘iga rasman a’zo bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.FAOning Rimdagi bosh qarorgohi huzuridagi Yashil shaharlar tashabbusi kotibiyati tomonidan 20-avgustda berilgan sertifikatlarda ikki shahar tarmoq a’zolari sifatida qayd etilgan.A’zolik Toshkent va Samarqandga:Yaqin kunlarda FAO kotibiyati Toshkent va Samarqandda dastlabki o‘zini o‘zi baholash jarayonini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma taqdim etadi. Uning natijalari shaharlarning ekologik ustuvor vazifalarini aniqlash va ular uchun zarur texnik ko‘makni shakllantirishda qo‘llaniladi.FAO Yashil shaharlar tashabbusini 2020-yilda boshlagan. Uning maqsadi — 2030-yilga qadar mingta shaharda aholi salomatligi va farovonligini oshirish hamda atrof-muhit holatini yaxshilashga ko‘maklashish.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/samarkand-yashil-shahar-loyiha-58867668.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/06/59520584_86:0:1451:1024_1920x0_80_0_0_84fd8e4c71fc2593f547f2ff2cf56f39.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya , ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, bmt, o‘zbekiston, sertifikat, jamiyat, toshkent, samarqand
ekologiya , ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, bmt, o‘zbekiston, sertifikat, jamiyat, toshkent, samarqand
Toshkent va Samarqand BMTning Yashil shaharlar tarmog‘iga qo‘shildi
11:33 02.09.2026 (yangilandi: 11:44 02.09.2026) A’zolik shaharlarga texnik ko‘mak olish, xorijiy tajribani o‘rganish va ekologik loyihalarga investitsiya jalb qilish imkonini beradi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Toshkent va Samarqand BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAOning Yashil shaharlar tarmog‘iga rasman a’zo bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
FAOning Rimdagi bosh qarorgohi huzuridagi Yashil shaharlar tashabbusi kotibiyati tomonidan 20-avgustda berilgan sertifikatlarda ikki shahar tarmoq a’zolari sifatida qayd etilgan.
A’zolik Toshkent va Samarqandga:
shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha texnik ko‘mak olish;
mutaxassislar salohiyatini oshirish va xorijiy tajribani o‘rganish;
boshqa shaharlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
ekologik loyihalar uchun resurs va investitsiyalar jalb qilish imkonini beradi.
Tarmoq doirasida shahar va shahar atrofidagi o‘rmonlarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash hamda barqaror bioiqtisodiyotga oid yechimlar ishlab chiqiladi.
Yaqin kunlarda FAO kotibiyati Toshkent va Samarqandda dastlabki o‘zini o‘zi baholash jarayonini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma taqdim etadi. Uning natijalari shaharlarning ekologik ustuvor vazifalarini aniqlash va ular uchun zarur texnik ko‘makni shakllantirishda qo‘llaniladi.
FAO Yashil shaharlar tashabbusini 2020-yilda boshlagan. Uning maqsadi — 2030-yilga qadar mingta shaharda aholi salomatligi va farovonligini oshirish hamda atrof-muhit holatini yaxshilashga ko‘maklashish.