Bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi – SSV

© Getty Images / RunPhoto
Obuna bo‘lish
Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekistonda dam olish va Mustaqillik bayrami kunlarida tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi. Bu haqda Sog‘liq saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar berdi.
Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida SSVda alohida shtab tashkil etildi.
Shuningdek, 29-avgust-1 sentabr kunlari mamlakatdagi tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 taga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
29 avgust-1 sentabr sanalarida "103" xizmati ham odatiy ish faoliyatini davom ettiradi. Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazining mamlakat bo‘ylab 14 ta hududiy filiali, 189 ta stansiya, 40 ta podstansiya va 1 492 ta tayanch punktida 2 900 tadan ziyod tibbiy yordam brigadasi kelib tushadigan chaqiruvlar uchun doimiy shay holda bo‘ladi.
Bundan tashqari, barcha tug‘uruq va bolalar davolash muassasalari ham uzluksiz ish olib boradi.
Mustaqillik bayrami arafasida 31-avgust, dushanba qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Shu tariqa, besh kunlik ish haftasidagi xodimlar ketma-ket 4 kun, olti kunliklar esa 3 kun dam oladi.