Ish haqi, jarimalar va "propiska": 1-sentabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi

© Sputnik / Sgenerirovano IIKakie izmeneniya vstupat v silu v Uzbekistane s 1-sentabrya?
Kakie izmeneniya vstupat v silu v Uzbekistane s 1-sentabrya? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
Obuna bo‘lish
Yangi oydan ish haqi va stipendiyalar oshadi, avtobuslarda yo‘lkira to‘lash tartibi o‘zgaradi va yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etiladi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. 1 sentabrdan O‘zbekistonda ish haqi, transport, davlat xizmatlari, ta’lim va ijtimoiy himoya sohalarida bir qator o‘zgarishlar kuchga kiradi.
Ish haqi va stipendiyalar oshadi
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘m bo‘ladi. Shu munosabat bilan BHMga bog‘langan jarimalar, davlat bojlari va boshqa to‘lovlar ham oshadi.
Avtobusga chiqish bilan yo‘lkira to‘lanadi
Brutto-shartnoma asosida ishlaydigan shahar avtobuslarida yo‘lovchi transportga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi shart. To‘lov transport yoki bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz vositalar orqali amalga oshiriladi. Avtobusdan tushish vaqtida to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda yo‘lovchi chiptasiz ketayotgan hisoblanadi.
Turgan joyi bo‘yicha propiskani onlayn bekor qilish mumkin bo‘ladi
Mulkdor yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqaro "propiska"sini bekor qilish uchun YaIDXP yoki davlat xizmatlari markazi orqali ariza yuborishi mumkin bo‘ladi.
Talabalarni yotoqxonada ro‘yxatga olish soddalashadi
Talabalar yotoqxonasiga joylashish shartnomasi tuzilishi bilan bir vaqtda ularni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning kompozit tartibi joriy etiladi. Ya’ni talaba ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida murojaat qilishi talab etilmaydi.
Ayrim migratsiya xizmatlari onlayn ko‘rsatiladi
Xorijda yashayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekistonga taklif qilish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati uchun ariza berish hamda turgan joy bo‘yicha ro‘yxatni bekor qilish xizmatlari YaIDXP va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.
Yangi parvarishlash nafaqasi joriy etiladi
18 va undan katta yoshdagi chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilgan shaxsni parvarish qilayotgan qonuniy vakilga har oylik nafaqa to‘lanadi. Uning miqdori o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqaga teng bo‘ladi.
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga bepul yuridik yordam beriladi
Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb qilingan paytdan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi. Jabrlangan bolaning dastlabki ko‘rsatuvi majburiy tarzda videoyozuvga olinadi.
Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar bilan oilabay ishlanadi
Ijtimoiy xodimlar ota-onalarga bolani ta’lim va ijtimoiy xizmatlarga jalb qilishda amaliy yordam beradi. Bolaning mazkur xizmatlardan foydalanishi doimiy kuzatib boriladi.
Palliativ va xospis yordamining yagona tizimi ishga tushadi
Palliativ yordamga (og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalingan bemorlarning og‘rig‘ini yengillashtirish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ko‘mak) muhtoj bemorlarni aniqlash, yo‘llash, hisobga olish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Uzbekskiy sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0