O‘zbekiston MDH davlatlari qurolli kuchlari aloqa boshliqlari yig‘ilishida qatnashdi

© Voyennoe informatsionnoe agentstvo "Vayar"V Minske proshlo ocherednoe zasedanie Koordinatsionnogo komiteta nachalnikov svazi voorujennix sil gosudarstv-uchastnikov SNG
V Minske proshlo ocherednoe zasedanie Koordinatsionnogo komiteta nachalnikov svazi voorujennix sil gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda harbiy boshqaruv organlarini zarur aloqa xizmatlari bilan ta’minlash va qo‘shma tizimni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Minskda MDHga a’zo davlatlar qurolli kuchlari aloqa boshliqlari muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Unda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari hamda MDH Mudofaa vazirlari kengashi kotibiyati delegatsiyalari qatnashdi.
Uchrashuvda MDH davlatlari qurolli kuchlarining Qo‘shma aloqa tizimi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, aloqa boshqaruvi organlari o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy va amaliy jihatlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Asosiy e’tibor mudofaa idoralarini zarur aloqa xizmatlari bilan ta’minlash hamda harbiy tizimlarning barqaror ishlashini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha harbiy aloqa sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qarorlar qabul qilindi.
Majlisga MDH davlatlari qurolli kuchlari aloqa boshliqlari muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi raisi, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh aloqa boshqarmasi boshlig‘i Valeriy Tishkov rahbarlik qildi.
Zasedanie Komiteta nachalnikov shtabov VS stran SNG v Astane 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2026
MDH bosh shtab rahbarlari xavfsizlik va harbiy hamkorlikni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0