https://oz.sputniknews.uz/20260826/uzbekistan-russia-59978234.html
O‘zbekiston Rossiya bilan avtotashuv ruxsatnomalarini elektronlashtiradi
O‘zbekiston Rossiya bilan avtotashuv ruxsatnomalarini elektronlashtiradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya va Belarus bilan avtotashuv ruxsatnomalarini elektron almashishga o‘tadi. Hozir E-Permit tizimi yettita davlat bilan ishlamoqda. Ruxsatnomalar tashuvchilar reytingi asosida avtomatik taqsimlanadi.
2026-08-26T13:38+0500
2026-08-26T13:38+0500
2026-08-26T13:38+0500
transport
avtomobil
raqamli texnologiyalar
belarus
transport vazirligi
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48354745_0:94:3309:1955_1920x0_80_0_0_36bc0c3d5e7f689cf9ae18c667c6bea5.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya va Belarus bilan xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnomalarni elektron shaklda almashish tizimini 2026-yil oxirigacha joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Hozir O‘zbekiston Kazaxstan, Qirg‘iziston, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya bilan E-Permit tizimi orqali elektron ruxsatnomalar almashmoqda. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, tizimning geografiyasi bosqichma-bosqich kengaytirilyapti.Reyting elektron axborot tizimidagi ma’lumotlar va qonunchilikda belgilangan mezonlar asosida avtomatik shakllantiriladi. Transport vazirligi mansabdor shaxslar muayan tashuvchining reytingini qo‘lda oshirishi yoki pasaytirishi mumkin emasligini ta’kidladi.Tashuvchilar xalqaro reys uchun zarur ruxsatnomalarni elektron tizim orqali band qilib, ariza yuboradi. Taqsimlashda korxonaning tashish faoliyati, ruxsatnomalardan foydalanish holati va boshqa belgilangan ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.Xitoy yo‘nalishida elektron ruxsatnomadan foydalanilgandan keyin haydovchi tovar-transport hujjatlarini transport nazorati inspektoriga taqdim etishi kerak.Ruxsatnomani boshqa tashuvchiga berish, sotish yoki belgilangan tartibni buzgan holda ishlatish taqiqlangan. E-Permit tizimini kengaytirish inson omilini kamaytirish, ruxsatnomalar harakatini elektron nazorat qilish va ularning noqonuniy aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260715/uzbekistan-import-ichki-tashuvlar-59043013.html
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48354745_290:0:3021:2048_1920x0_80_0_0_880a8cb07bedecb546bd0df46e7433ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
transport, avtomobil, raqamli texnologiyalar, belarus, transport vazirligi, jamiyat, o‘zbekiston
transport, avtomobil, raqamli texnologiyalar, belarus, transport vazirligi, jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya bilan avtotashuv ruxsatnomalarini elektronlashtiradi
O‘zbekiston Rossiya va Belarus bilan xalqaro avtotashuv ruxsatnomalarini elektron shaklda almashish tizimini 2026-yil oxirigacha joriy etishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya va Belarus bilan xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnomalarni elektron shaklda almashish tizimini 2026-yil oxirigacha joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Hozir O‘zbekiston Kazaxstan, Qirg‘iziston, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya bilan E-Permit tizimi orqali elektron ruxsatnomalar almashmoqda. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, tizimning geografiyasi bosqichma-bosqich kengaytirilyapti.
Xorijiy va ko‘p tomonlama ruxsatnomalar davlatlararo kelishuvlar asosida cheklangan miqdorda ajratiladi. Shu sababli tanqis ruxsatnomalardan foydalanish imkoniyati milliy tashuvchilarning reyting ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Reyting elektron axborot tizimidagi ma’lumotlar va qonunchilikda belgilangan mezonlar asosida avtomatik shakllantiriladi. Transport vazirligi mansabdor shaxslar muayan tashuvchining reytingini qo‘lda oshirishi yoki pasaytirishi mumkin emasligini ta’kidladi.
Tashuvchilar xalqaro reys uchun zarur ruxsatnomalarni elektron tizim orqali band qilib, ariza yuboradi. Taqsimlashda korxonaning tashish faoliyati, ruxsatnomalardan foydalanish holati va boshqa belgilangan ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Xitoy yo‘nalishida elektron ruxsatnomadan foydalanilgandan keyin haydovchi tovar-transport hujjatlarini transport nazorati inspektoriga taqdim etishi kerak.
Shundan so‘ng ruxsatnomaning maqomi tizimda “foydalanilgan” deb o‘zgartiriladi va ayni transport vositasi uchun yangi ruxsatnoma rasmiylashtirish imkoniyati ochiladi.
Ruxsatnomani boshqa tashuvchiga berish, sotish yoki belgilangan tartibni buzgan holda ishlatish taqiqlangan. E-Permit tizimini kengaytirish inson omilini kamaytirish, ruxsatnomalar harakatini elektron nazorat qilish va ularning noqonuniy aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.