https://oz.sputniknews.uz/20260826/uzbekistan-investitsiya-loyiha-59969886.html
O‘zbekistonda 163 ta investitsiya loyihasi va ijtimoiy obyekt ishga tushirildi
O‘zbekistonda 163 ta investitsiya loyihasi va ijtimoiy obyekt ishga tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi loyihalar hisobiga 15 mingta ish o‘rni yaratiladi, budjetga yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushadi. Prezident 72 ta sanoat va servis loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy obyektni ishga tushirdi.
2026-08-26T09:16+0500
2026-08-26T09:16+0500
2026-08-26T10:03+0500
shavkat mirziyoyev
investor
investitsiya
maktab
bog‘chalar
shifoxona
energetika
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1a/59969559_0:41:1900:1110_1920x0_80_0_0_7f9a7f6e6204b6f2da5112e390ecbc17.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Mamlakatning barcha hududlarida umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘m bo‘lgan 72 ta yirik sanoat va servis loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi.Investitsiya loyihalari energetika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari, tog‘-kon, to‘qimachilik va yengil sanoat sohalarini qamrab olgan.Sirdaryo viloyatida 1 ming 573 megavattli elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati, Qoraqalpog‘istonda 200 megavattli shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Navoiydagi yangi energetika obyektlari yiliga 657 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.Ijtimoiy sohada 36 ta bolalar bog‘chasi, 43 ta maktab, 7 ta oliy ta’lim muassasasi va 3 ta shifoxona foydalanishga topshirildi.Ular orasida Yangi Toshkentda 10 gektar maydonda barpo etilgan, 7 ming talabaga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston universiteti majmuasi bor. Universitetda Garvard bilan hamkorlikda Rektorlar maktabi ochildi.Shuningdek, 30 ming kvadrat metrli, bir vaqtning o‘zida 1,5 ming kitobxonga xizmat ko‘rsatadigan yangi Milliy kutubxona ochildi. Unda 28 dan ziyod o‘quv va konferensiya zali, 200 mingdan ortiq kitob bor.Qarshida 400 milliard so‘mlik Iqtisodiyot va pedagogika universiteti majmuasi barpo etildi. U yerda 3 ming talaba tahsil oladi va 700 kishi ish bilan ta’minlanadi.Farg‘onadagi yangi tibbiyot muassasasida yiliga 60 ming bemorni davolash va 30 ming ayolni skriningdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi.Shundan so‘ng prezident ramziy tugmani bosib, yangi loyiha va obyektlarni ishga tushirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260818/khorazm-loyiha-qurilish-59768380.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1a/59969559_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_3517fc185fca35e587a61674e9801524.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, investor, investitsiya, maktab, bog‘chalar, shifoxona, energetika, iqtisod, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, investor, investitsiya, maktab, bog‘chalar, shifoxona, energetika, iqtisod, o‘zbekiston
O‘zbekistonda 163 ta investitsiya loyihasi va ijtimoiy obyekt ishga tushirildi
09:16 26.08.2026 (yangilandi: 10:03 26.08.2026) Mamlakat hududlarida umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘m bo‘lgan 163 ta ishlab chiqarish va ijtimoiy obyekt ochildi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi.
Mamlakatning barcha hududlarida umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘m bo‘lgan 72 ta yirik sanoat va servis loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi.
Ular hisobiga 15 mingta ish o‘rni yaratiladi, budjetga yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum ta’minlanadi.
Investitsiya loyihalari energetika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari, tog‘-kon, to‘qimachilik va yengil sanoat sohalarini qamrab olgan.
Sirdaryo viloyatida 1 ming 573 megavattli elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati, Qoraqalpog‘istonda 200 megavattli shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Navoiydagi yangi energetika obyektlari yiliga 657 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Andijon, Namangan va Jizzaxda to‘qimachilik, trikotaj va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, Samarqand va Toshkent viloyatlarida esa yangi metallurgiya quvvatlari ochildi.
Ijtimoiy sohada 36 ta bolalar bog‘chasi, 43 ta maktab, 7 ta oliy ta’lim muassasasi va 3 ta shifoxona foydalanishga topshirildi.
Ular orasida Yangi Toshkentda 10 gektar maydonda barpo etilgan, 7 ming talabaga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston universiteti majmuasi bor. Universitetda Garvard bilan hamkorlikda Rektorlar maktabi ochildi.
Oksford bilan davlat xizmatchilari malakasini oshirish bo‘yicha “Ta’lim xabi” tashkil etiladi. 1-oktabrdan Sun’iy intellekt instituti ish boshlaydi.
Shuningdek, 30 ming kvadrat metrli, bir vaqtning o‘zida 1,5 ming kitobxonga xizmat ko‘rsatadigan yangi Milliy kutubxona ochildi. Unda 28 dan ziyod o‘quv va konferensiya zali, 200 mingdan ortiq kitob bor.
Qarshida 400 milliard so‘mlik Iqtisodiyot va pedagogika universiteti majmuasi barpo etildi. U yerda 3 ming talaba tahsil oladi va 700 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Farg‘onadagi yangi tibbiyot muassasasida yiliga 60 ming bemorni davolash va 30 ming ayolni skriningdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Shundan so‘ng prezident ramziy tugmani bosib, yangi loyiha va obyektlarni ishga tushirdi.