Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 83,5 foizga yetkaziladi — asosiy rejalar

© SputnikUroven obespechennosti naseleniya pityevoy vodoy v Uzbekistane dostignet 83,5%
Uroven obespechennosti naseleniya pityevoy vodoy v Uzbekistane dostignet 83,5% - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
Obuna bo‘lish
Matbuot anjumanida ichimlik suvi iste’molchilari bazasini kengaytirish, hisoblagichlar o‘rnatish va tarmoqlarni ta’mirlash rejalari haqida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. 2026 yil yakuniga qadar O‘zbekistonda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 83,5 foizga yetkaziladi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Shuningdek, ichimlik suvi iste’molchilari bazasini 170 mingtaga oshirish va 244 mingta suv hisoblagich o‘rnatish rejalashtirilgan.
2026 yilning o‘tgan davrida investitsiya dasturi doirasida 913,4 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga 137 ta obyektda 849,4 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 39 ta inshoot qurildi va rekonstruksiya qilindi.
Xalqaro moliya institutlarining 226,8 mln dollar qarz mablag‘i o‘zlashtirilishi natijasida yana 362 km tarmoq va to‘rtta inshootda qurilish hamda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nodir Xodjamovning ma’lum qilishicha, mavjud tizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 1,9 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 1 032 ta nasos uskunasi joriy va mukammal ta’mirlandi.
Suv inshootlaridagi 713 ta eski nasos energiya tejamkor uskunalarga almashtirildi.
Shuningdek, iste’molchilar bazasi 120 mingtaga kengaytirilib, 156 mingta suv hisoblagich o‘rnatildi. Iste’molchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 trln so‘mni tashkil etdi.
Yilning qolgan qismida sohadagi ishlar yanada kengaytiriladi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida yil yakuniga qadar 1,7 trln so‘m mablag‘ hisobiga 137 ta obyektda 1,5 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 116 ta inshoot qurilishi va rekonstruksiya qilinishi belgilangan.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda yil oxirigacha 499,8 mln dollar o‘zlashtirilib, 862 km tarmoq va 20 ta inshootda tegishli ishlar amalga oshiriladi.
Mavjud tizimlarni saqlash va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 3,3 ming km tarmoq hamda 1,6 mingta nasos uskunasi profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilib, joriy va mukammal ta’mirlanadi.
Yil yakuniga qadar iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 4,4 trln so‘mga yetkazish ham ko‘zda tutilgan. Energiya samaradorligini oshirish uchun esa jami 949 ta eski nasos energiya tejamkor uskunalarga almashtiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po vodosnabjeniyu i kanalizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2026
Suv ta’minotini yaxshilash va tariflar: Mirziyoyev yangi vazifalarni belgilab berdi
Yangiliklar lentasi
0