33,5 mln tonna: xalqaro yuk tashuvlarning 80 foizi ShHT davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi
33,5 mln tonna: xalqaro yuk tashuvlarning 80 foizi ShHT davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi
Sputnik O‘zbekiston
2025 yilda O‘zbekistonning ShHT davlatlari bilan xalqaro yuk tashuvlari 33,5 mln tonnaga yetdi. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 47 mln tonnaga chiqishi, yangi temir yo‘llar esa tranzit imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. So‘nggi besh yilda O‘zbekiston va ShHT davlatlari o‘rtasidagi xalqaro yuk tashish hajmi qariyb 9 mln tonnaga yoki 40 foizga oshgan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 33,5 mln tonnani tashkil etgan. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi bo‘lim boshlig‘i Dildora Ibragimova ma’lum qildi.Ushbu hajmda Rossiyaning ulushi 33 foiz, Qozog‘istonniki 32 foiz, Xitoyniki 16 foiz va Qirg‘izistonniki 10 foizni tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonning ShHT mamlakatlari bilan yuk tashuvlari 47 mln tonnaga yetishi mumkin.Bunda uzunligi 532,3 km bo‘lgan va 2024-yilda qurilishi boshlangan Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li muhim o‘rin tutadi. Dastlabki baholarga ko‘ra, unda yuk tashish hajmi 2030-yilda 8 mln, 2040-yilda 10 mln va 2050-yilda 13,5 mln tonnaga yetishi mumkin.Yana bir strategik loyiha — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston temir yo‘li. 2025-yil iyulda Kobulda uch davlat o‘rtasida TIA ishlab chiqish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolangan.E&Y kompaniyasi bahosiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda yuk tashish salohiyati 2030-yilga borib yiliga 22 mln tonnaga, 2040-yilda esa 34 mln tonnaga yetishi mumkin. Yuk bazasining 80 foizgacha qismi tranzit hisobidan shakllanishi kutilmoqda.Ikki temir yo‘l loyihasining o‘zaro bog‘lanishi kelajakda:Ularning ayrimlari Hind okeani portlariga chiqishni ta’minlaydi.Shu bilan birga, O‘zbekiston temir yo‘lchilari 2024-yilda ShHT davlatlari temir yo‘l makonlarini integratsiya qilish bo‘yicha kengash tuzish tashabbusini ilgari surgan.Yangi tuzilma temir yo‘l izlari kengligi, texnik standartlar va harakat tarkibi parametrlaridagi farqlarni bartaraf etish, chegara tartib-taomillarini soddalashtirish va yuk tashish hujjatlarini birxillashtirishga qaratilgan.
O‘zbekistonning ShHT davlatlari bilan yuk tashish hajmi besh yilda 40 foizga oshdi. 2025-yilda ko‘rsatkich 33,5 mln tonnaga yetdi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. So‘nggi besh yilda O‘zbekiston va ShHT davlatlari o‘rtasidagi xalqaro yuk tashish hajmi qariyb 9 mln tonnaga yoki 40 foizga oshgan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 33,5 mln tonnani tashkil etgan. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi bo‘lim boshlig‘i Dildora Ibragimova ma’lum qildi.
Ibragimova ma’lumotiga ko‘ra, ShHT davlatlari bilan yuk tashuvlari 2025-yilda O‘zbekiston jami xalqaro yuk tashuvlarining qariyb 80 foizini tashkil etgan.
Ushbu hajmda Rossiyaning ulushi 33 foiz, Qozog‘istonniki 32 foiz, Xitoyniki 16 foiz va Qirg‘izistonniki 10 foizni tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonning ShHT mamlakatlari bilan yuk tashuvlari 47 mln tonnaga yetishi mumkin.
Bunda uzunligi 532,3 km bo‘lgan va 2024-yilda qurilishi boshlangan Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li muhim o‘rin tutadi. Dastlabki baholarga ko‘ra, unda yuk tashish hajmi 2030-yilda 8 mln, 2040-yilda 10 mln va 2050-yilda 13,5 mln tonnaga yetishi mumkin.
Yana bir strategik loyiha — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston temir yo‘li.
Loyiha doirasida dala tadqiqotlari o‘tkazilgan, ortofotoplanlar va raqamli relyef modeli tayyorlangan, “Boshtransloyiha” instituti dastlabki texnik-iqtisodiy asosning texnik qismini ishlab chiqqan.
2025 yil iyulda Kobulda uch davlat o‘rtasida TIA ishlab chiqish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolangan.
E&Y kompaniyasi bahosiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda yuk tashish salohiyati 2030-yilga borib yiliga 22 mln tonnaga, 2040-yilda esa 34 mln tonnaga yetishi mumkin. Yuk bazasining 80 foizgacha qismi tranzit hisobidan shakllanishi kutilmoqda.
Ikki temir yo‘l loyihasining o‘zaro bog‘lanishi kelajakda:
Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston — Hindiston;
Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya — Yevropa Ittifoqi
MDH davlatlari — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston yo‘nalishlarini shakllantirish imkonini beradi.
Ularning ayrimlari Hind okeani portlariga chiqishni ta’minlaydi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston temir yo‘lchilari 2024-yilda ShHT davlatlari temir yo‘l makonlarini integratsiya qilish bo‘yicha kengash tuzish tashabbusini ilgari surgan.
Kengash konsepsiyasi 2026-yil 27-martda ShHT temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, aprelda esa tashkilot transport vazirlari tomonidan ma’qullangan.
Yangi tuzilma temir yo‘l izlari kengligi, texnik standartlar va harakat tarkibi parametrlaridagi farqlarni bartaraf etish, chegara tartib-taomillarini soddalashtirish va yuk tashish hujjatlarini birxillashtirishga qaratilgan.
Shanxay hamkorlik tashkiloti
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.