https://oz.sputniknews.uz/20260825/markaziy-bank-rejalar-59960273.html
Bank va to‘lov xizmatlari qanday o‘zgaradi — Markaziy bank rejalarni aytdi
Bank va to‘lov xizmatlari qanday o‘zgaradi — Markaziy bank rejalarni aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank fintex ekotizimini mustaqil qurmaydi, balki infratuzilma, qoidalar va raqobat uchun sharoit yaratadi. Milliy strategiyada ochiq banking, muqobil skoring va to‘lov shlyuzini joriy etish belgilangan.
2026-08-25T15:56+0500
2026-08-25T15:56+0500
2026-08-25T15:56+0500
markaziy bank
raqamli texnologiyalar
forum
toshkent
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/19/59960092_0:257:2730:1793_1920x0_80_0_0_4a3decd6a96fcb06d4b50a960a949c61.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Markaziy bank fintex ekotizimini mustaqil ravishda qurmaydi. Regulyatorning vazifasi infratuzilmani rivojlantirish, qoidalarni belgilash hamda moliya sohasida raqobat va innovatsiyalar uchun sharoit yaratishdan iborat.Bu haqda Markaziy bankning strategiya, transformatsiya va loyihalarni boshqarish bo‘yicha direktori Husanxo‘ja Abidov Toshkentdagi "Silk Road Finance & Technology Forum" doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Strategiya raqamli moliya va bulutli infratuzilmani rivojlantirish, to‘lov shlyuzini yaratish, ma’lumotlarga asoslangan muqobil skoringdan foydalanish, kichik va o‘rta biznes uchun savdo maydonchalarini ishga tushirish hamda ochiq bankingni joriy etishni nazarda tutadi.Avvalroq Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Saydullayev regulyator 2030-yilgacha moliyaviy texnologiyalar sohasida 5 ming nafar yosh mutaxassis tayyorlashni maqsad qilganini ma’lum qilgan edi.Saydullayevning ta’kidlashicha, bu davlat, biznes, investorlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida doimiy hamkorlikni talab qiladi. Inson kapitali esa ushbu jarayonning markazida bo‘lishi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20260824/banklar-davlat-ulush-valyuta-rejalar-59936927.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/19/59960092_238:275:2603:2048_1920x0_80_0_0_a4bc878fb2bffc4fd9128f27131dcc5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank, raqamli texnologiyalar, forum, toshkent, iqtisod, o‘zbekiston
markaziy bank, raqamli texnologiyalar, forum, toshkent, iqtisod, o‘zbekiston
Bank va to‘lov xizmatlari qanday o‘zgaradi — Markaziy bank rejalarni aytdi
Markaziy bank fintex, ya’ni raqamli bank va to‘lov xizmatlari, sohasida ochiq banking, muqobil skoring va yangi to‘lov infratuzilmasini joriy etmoqchi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Markaziy bank fintex ekotizimini mustaqil ravishda qurmaydi. Regulyatorning vazifasi infratuzilmani rivojlantirish, qoidalarni belgilash hamda moliya sohasida raqobat va innovatsiyalar uchun sharoit yaratishdan iborat.
Bu haqda Markaziy bankning strategiya, transformatsiya va loyihalarni boshqarish bo‘yicha direktori Husanxo‘ja Abidov Toshkentdagi "Silk Road Finance & Technology Forum" doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish milliy strategiyasida sohaning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Strategiya raqamli moliya va bulutli infratuzilmani rivojlantirish, to‘lov shlyuzini yaratish, ma’lumotlarga asoslangan muqobil skoringdan foydalanish, kichik va o‘rta biznes uchun savdo maydonchalarini ishga tushirish hamda ochiq bankingni joriy etishni nazarda tutadi.
Avvalroq Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Saydullayev regulyator 2030-yilgacha moliyaviy texnologiyalar sohasida 5 ming nafar yosh mutaxassis tayyorlashni maqsad qilganini ma’lum qilgan edi.
"Bugungi moliya bozorida hech bir mamlakat yoki tashkilot yopiq tizim doirasida barqaror muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Milliy infratuzilmalar o‘zaro hamkorlik qilishi, standartlar muvofiqlashtirilishi, raqamli xizmatlar esa chegaralardan tashqarida ham xavfsiz ishlashi lozim", — dedi u.
Saydullayevning ta’kidlashicha, bu davlat, biznes, investorlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida doimiy hamkorlikni talab qiladi. Inson kapitali esa ushbu jarayonning markazida bo‘lishi kerak.