Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiy Ukraina mudofaasining ikkita asosiy muammosini aytdi

© PETRAS MALUKASPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2026
Obuna bo‘lish
Zelenskiy mablag‘ taqchilligi va ballistik tahdidni Ukraina mudofaasining ikkita asosiy muammosi deb atadi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Ukraina Mudofaa vazirligi budjeti taqchilligi 27 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mudofaasi hozir ikkita asosiy muammoga — ballistik tahdid va mablag‘ yetishmasligiga duch kelgan.
Zelenskiy Kiyev Yevropa Ittifoqidan 30 mlrd yevro olishni kutayotganini bildirdi. Mablag‘ ajratilishi tegishli qonunlarning qabul qilinishiga bog‘liq. Shu bois u Ukraina parlamentidagi barcha siyosiy kuchlarni, jumladan, muxolifatni ham zarur hujjatlarni qabul qilishda ishtirok etishga chaqirdi.
"Bu 30 milliard hukumatda ham, muxolifatda ham yo‘q. Mablag‘ butun mamlakat mudofaasi uchun zarur", — dedi Zelenskiy.
Uning hisob-kitobiga ko‘ra, 2027-yilni zarur qurol-yarog‘ va boshqa vositalar bilan ta’minlangan holda boshlash uchun 8–10 mlrd dollar oldindan kerak bo‘ladi. Yana qariyb 20 mlrd dollar harbiy xizmatchilarning ish haqiga yo‘naltirilishi lozim.
Zelenskiy qo‘shimcha mablag‘ jalb etish masalasini Fransiya va Germaniya bilan muhokama qilayotganini ham aytdi.
RIA Novostiga ko‘ra, avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga to‘rt yil davomida 136,5 mlrd dollar tashqi moliyalashtirish zarurligini ma’lum qilgan edi. XVJ hisob-kitobiga ko‘ra, 2026-yilning o‘zidagi moliyaviy taqchillik 52 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu mablag‘ni donorlar ko‘magi va qarzlarni qayta tuzish hisobiga qoplash rejalashtirilgan.
Timur Mindich. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Urush tugasa, moliyalashtirish to‘xtaydi”: Zelenskiy atrofi mojarodan pul ishlashda ayblandi
Yangiliklar lentasi
0