https://oz.sputniknews.uz/20260823/ukraine-urush-tugatish-59897966.html
Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri: bunday korrupsiya bilan urushni samarali tugatib bo‘lmaydi
Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri: bunday korrupsiya bilan urushni samarali tugatib bo‘lmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fedorov hozirgi boshqaruv tizimi va korrupsiya mamlakatga urushni samarali tugatish hamda tiklanish uchun poydevor yaratish imkonini bermasligini aytdi.
2026-08-23T13:43+0500
2026-08-23T13:43+0500
2026-08-23T13:43+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
korrupsiya
dunyo yangiliklari
dunyoda
vladimir zelenskiy
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1d/28643897_0:133:3171:1916_1920x0_80_0_0_d6d9a419eec8c9d96abeb9d510ef5eec.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Ukrainadagi hozirgi boshqaruv tizimi va korrupsiya darajasi urushni samarali tugatish hamda mamlakatni tiklash uchun poydevor yaratish imkonini bermaydi. Bu haqda mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fedorov 24 Kanalga bergan intervyusida ma’lum qildi.Fedorov Ukrainada “tizimli boshqaruv inqirozi” yuzaga kelganini ham ta’kidladi.Sobiq vazirning fikricha, Oliy rada faoliyati mudofaa sanoati, farmatsevtika, qimor biznesi yoki soliq sohasidagi ayrim shaxsiy manfaatlarga emas, parlament ko‘pchiligining dasturi, qadriyatlari va tamoyillariga asoslanishi kerak.Fedorov davlat institutlarini “qayta yuklash” va zamonaviy urushning xavflarini hamda uni tugatish yo‘llarini tushunadigan kadrlarni jalb qilish zarurligini bildirdi. Uning fikricha, yangi rahbarlar korrupsiyaga mutlaqo murosasiz bo‘lishi va mustaqil institutlarni qo‘llab-quvvatlashi lozim.U buning yagona yo‘li demokratik siklni tiklash ekanini aytdi. Shu bilan birga, Fedorov zudlik bilan saylov o‘tkazishga emas, balki xavfsiz, shaffof va qonunchilik hamda xalqaro huquq talablariga mos saylovlar uchun zarur mexanizmlarni oldindan tayyorlashga chaqirdi.RIA Novosti qayd etishicha, Fedorovning chiqishi Kiyevdagi navbatdagi korrupsiya ishi fonida yangradi. Zelenskiy ofisi Fedorovning saylovlar haqidagi taklifini rad etdi. Prezident ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak urush sharoitida saylov xavfsizligini kafolatlab bo‘lmasligi va amaldagi qonuniy taqiq saqlanib qolayotganini bildirdi.Mixail Fedorov 2026-yil 14-yanvardan 14-iyulgacha Ukraina mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260820/europe-ukraine-tolovlar-toxtatish-talab-59821138.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1d/28643897_219:0:2950:2048_1920x0_80_0_0_19b317d268cb550d032e514c2589885e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
korrupsiya, dunyo yangiliklari, dunyoda, vladimir zelenskiy, ukraina
korrupsiya, dunyo yangiliklari, dunyoda, vladimir zelenskiy, ukraina
Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri: bunday korrupsiya bilan urushni samarali tugatib bo‘lmaydi
Mixail Fedorov hozirgi boshqaruv tizimi va korrupsiya Ukrainaga urushni samarali tugatish imkonini bermasligini aytdi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Ukrainadagi hozirgi boshqaruv tizimi va korrupsiya darajasi urushni samarali tugatish hamda mamlakatni tiklash uchun poydevor yaratish imkonini bermaydi. Bu haqda mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fedorov 24 Kanalga bergan intervyusida
ma’lum qildi.
“Har qanday tashkilotni tuzish, turli faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin. Ammo bugungi boshqaruv tizimi, qaror qabul qilish sifati va korrupsiya darajasi bilan urushni samarali tugatish hamda mamlakatni tiklash uchun poydevor yaratib bo‘lmaydi”, — dedi u.
Fedorov Ukrainada “tizimli boshqaruv inqirozi” yuzaga kelganini ham ta’kidladi.
“Eski tizim ko‘pincha o‘z qoidalari asosida yashaydi. U o‘zini himoya qiladi, o‘zgarishlardan qo‘rqadi, qarorlarni sekin qabul qiladi, tashabbusni jazolashi va hamma ko‘nikib qolgani uchun samarasiz tuzilmalarni yillab saqlab turishi mumkin”, — deya uning so‘zlarini
RIA Novosti keltirdi.
Sobiq vazirning fikricha, Oliy rada faoliyati mudofaa sanoati, farmatsevtika, qimor biznesi yoki soliq sohasidagi ayrim shaxsiy manfaatlarga emas, parlament ko‘pchiligining dasturi, qadriyatlari va tamoyillariga asoslanishi kerak.
Fedorov davlat institutlarini “qayta yuklash” va zamonaviy urushning xavflarini hamda uni tugatish yo‘llarini tushunadigan kadrlarni jalb qilish zarurligini bildirdi. Uning fikricha, yangi rahbarlar korrupsiyaga mutlaqo murosasiz bo‘lishi va mustaqil institutlarni qo‘llab-quvvatlashi lozim.
U buning yagona yo‘li demokratik siklni tiklash ekanini aytdi. Shu bilan birga, Fedorov zudlik bilan saylov o‘tkazishga emas, balki xavfsiz, shaffof va qonunchilik hamda xalqaro huquq talablariga mos saylovlar uchun zarur mexanizmlarni oldindan tayyorlashga chaqirdi.
RIA Novosti qayd etishicha, Fedorovning chiqishi Kiyevdagi navbatdagi korrupsiya ishi fonida yangradi.
NABU va Ixtisoslashtirilgan korrupsiyaga qarshi prokuratura amaldagi va sobiq deputatlar, prezident ofisi mansabdorlari ishtirok etgani gumon qilinayotgan jinoiy tashkilot faoliyati fosh etilganini ma’lum qilgan.
Zelenskiy ofisi Fedorovning saylovlar haqidagi taklifini rad etdi. Prezident ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak urush sharoitida saylov xavfsizligini kafolatlab bo‘lmasligi va amaldagi qonuniy taqiq saqlanib qolayotganini bildirdi.
Mixail Fedorov 2026-yil 14-yanvardan 14-iyulgacha Ukraina mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.