O‘zbekiston va Qozog‘iston yadroviy, radiatsiyaviy va ekologik xavfsizlikni muhokama qildi

© Agentstvo "Uzatom"
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat vakillari hamkorlikning asosiy bandlari, jumladan, “yo‘l xaritasi” va keyingi qadamlarni kelishib oldi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston yadroviy, radiatsiyaviy va ekologik xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishchi muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zatom” matbuot xizmati xabar berdi.

V Agentstve "Uzatom" sostoyalis peregovori s vitse-ministrom ekologii i prirodnix resursov Kazaxstana Mansurom Oshurbayevim.
© Agentstvo "Uzatom"
“Xavfsizlik – O‘zbekiston milliy atom dasturining shubhasiz ustuvor yo‘nalishidir. Biz milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga muvofiq yadroviy, radiatsiyaviy va ekologik xavfsizlik tizimini izchil yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Qo‘shni davlatlar, avvalo, Qozog‘iston bilan ochiq muloqot o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi va loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish imkonini beradi”, - deya ta’kidladi “O‘zatom” direktori Azim Axmedxadjayev.
Qozog‘iston ekologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Mansur Oshurbayev mamlakat mintaqada atom energetikasining barqaror va xavfsiz rivojlanishidan manfaatdorligini bildirdi.
“Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida tajriba almashish, yondashuvlarning shaffofligi va hamjihatlikdagi ishlar har ikki mamlakat hamda Markaziy Osiyo aholisi manfaatlariga mos keladi. Bugungi muzokaralar davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik yuksak darajada ekanini tasdiqlaydi”, - dedi u.
Ishtirokchilarga loyiha, qidiruv va tayyorgarlik ishlarining borishi, shuningdek, xavfsizlik va ekologik monitoringni ta’minlashda qo‘llanilayotgan yondashuvlar to‘g‘risida dolzarb ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikning asosiy bandlari, jumladan, “yo‘l xaritasi” va keyingi qadamlar kelishib olindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikning asosiy bandlari, jumladan, “yo‘l xaritasi” va keyingi qadamlar kelishib olindi.

V Agentstve "Uzatom" sostoyalis peregovori s vitse-ministrom ekologii i prirodnix resursov Kazaxstana Mansurom Oshurbayevim.
© Agentstvo "Uzatom"
Mintaqaviy kadrlar va ekspertlar salohiyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlari mutaxassislarining ta’lim modullari va amaliy tayyorgarligini, zamonaviy laboratoriyalar negizida trenajor mashg‘ulotlarini, XAEA tavsiyalariga muvofiq milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ekspert maslahatlarini, yagona akademik mobillik platformasini, shuningdek, respublikada AES qurish va undan foydalanish tajribasiga asoslangan “bilimlar bazasi”ni birlashtirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan markaz konsepsiyasini taqdim etdi.
Markazning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash, meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish hamda tinch atomning ijtimoiy maqbulligini, jumladan, “Nuclear Knowledge Platform” va “Nuclear Energy Modelling Hub” raqamli platformalari orqali oshirish kiradi.
Tomonlar mintaqada tinch atom energetikasini xavfsiz va mas’uliyatli rivojlantirish yo‘lida muntazam ekspertlar muloqotini davom ettirishga hamda hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

2024 yil mayida Toshkentda O‘zbekistonning Jizzax viloyatida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha atom energetikasi tarixidagi birinchi eksport shartnomasi imzolandi. “Rosatom” stansiya qurilishining bosh pudratchisi, qurilishga mahalliy kompaniyalar ham jalb qilingan.
O‘tgan yilning sentabrida “Rosatom” va O‘zbekiston hukumati respublikada integratsiyalashgan AES qurish loyihasini amalga oshirishning asosiy shartlari to‘g‘risida qo‘shimcha bitim imzoladi.
Iyun boshida AES maydonchasida kichik reaktor uchun birinchi beton quyildi, stansiya qurilishi boshlandi.