https://oz.sputniknews.uz/20260821/ozbekfilm-59866424.html
“O‘zbekfilm”ning 22,9 mln yevro krediti va soliq qarzlari borligi ma’lum bo‘ldi
“O‘zbekfilm”ning 22,9 mln yevro krediti va soliq qarzlari borligi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov "O‘zbekfilm"ning 22,9 mln yevroga teng kredit majburiyati va soliklar bo‘yicha qariyb 1 mlrd so‘mlik qarzdorligi borligini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, studiya yiliga kamida 60 milliard so‘mlik buyurtma bajarmasa, o‘zini saqlab turolmaydi.
2026-08-21T18:04+0500
2026-08-21T18:04+0500
2026-08-21T18:04+0500
madaniyat
o‘zbekiston kinematografiya agentligi
o‘zbekiston
o‘zbek kino
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/06/47863068_0:92:1274:809_1920x0_80_0_0_f52404a74036c30e2c4b294061345238.jpg
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. “O‘zbekfilm” milliy kinostudiyasining kredit majburiyati 22,9 mln yevroni tashkil etmoqda. Bu haqda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov ma’lum qildi.Uning qayd etishicha, kinostudiyaning mol-mulki, jumladan, yer maydonlari ham mazkur kredit uchun garovga qo‘yilgan. Bundan tashqari, O‘zbekfilmning soliqlardan qariyb 1 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.Shu sababli kinostudiya balansidagi 12 ta avtomashinaning 12 kun ichida auksionga qo‘yilishi xavfi mavjud. Shuningdek, xodimlarning ish haqi bo‘yicha ham yirik qarzdorlik shakllangan.Ahmedovning qo‘shimcha qilishicha, kinostudiya bir yilda kamida 60 milliard so‘mlik buyurtma bajarmasa, o‘zini saqlab turolmaydi. Ya’ni u amalda davlat buyurtmasiga qaram bo‘lib qolgan. Biznes modeli yo‘q. Bozor mexanizmiga to‘liq o‘tilmagan.“Bu raqamlar ortida bir asrlik o‘zbek kinosi tarixi, uning obro‘si va taqdiri turibdi. "O‘zbekfilm"da ne-ne buyuk rejissorlar, aktorlar, operatorlar, rassomlar va kino mutaxassislari o‘z yo‘lini boshlagan. Xalqimiz bugun ham sevib tomosha qiladigan ko‘plab filmlar shu yerda yaratilgan. Shuning uchun bugungi vazifa – studiyani shunchaki saqlab qolish emas. Uni tubdan isloh qilish kerak”, - deydi Kinematografiya agentligi direktori.Avvalroq "O‘zbekfilm"ga milliy maqomi berilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260710/filmlar-ozbekiston-58946334.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/06/47863068_37:0:1237:900_1920x0_80_0_0_503537fce79029ec2c2a5789f89b686b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston kinematografiya agentligi, o‘zbekiston, o‘zbek kino
madaniyat, o‘zbekiston kinematografiya agentligi, o‘zbekiston, o‘zbek kino
“O‘zbekfilm”ning 22,9 mln yevro krediti va soliq qarzlari borligi ma’lum bo‘ldi
Kinostudiya mol-mulki va yer maydonlari kredit uchun garovga qo‘yilgan, soliq qarzdorligi sabab 12 ta avtomashina auksionga chiqarilishi mumkin.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. “O‘zbekfilm” milliy kinostudiyasining kredit majburiyati 22,9 mln yevroni tashkil etmoqda. Bu haqda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov
ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, kinostudiyaning mol-mulki, jumladan, yer maydonlari ham mazkur kredit uchun garovga qo‘yilgan. Bundan tashqari, O‘zbekfilmning soliqlardan qariyb 1 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.
Shu sababli kinostudiya balansidagi 12 ta avtomashinaning 12 kun ichida auksionga qo‘yilishi xavfi mavjud. Shuningdek, xodimlarning ish haqi bo‘yicha ham yirik qarzdorlik shakllangan.
Ahmedovning qo‘shimcha qilishicha, kinostudiya bir yilda kamida 60 milliard so‘mlik buyurtma bajarmasa, o‘zini saqlab turolmaydi. Ya’ni u amalda davlat buyurtmasiga qaram bo‘lib qolgan. Biznes modeli yo‘q. Bozor mexanizmiga to‘liq o‘tilmagan.
“Bu raqamlar ortida bir asrlik o‘zbek kinosi tarixi, uning obro‘si va taqdiri turibdi. "O‘zbekfilm"da ne-ne buyuk rejissorlar, aktorlar, operatorlar, rassomlar va kino mutaxassislari o‘z yo‘lini boshlagan. Xalqimiz bugun ham sevib tomosha qiladigan ko‘plab filmlar shu yerda yaratilgan. Shuning uchun bugungi vazifa – studiyani shunchaki saqlab qolish emas. Uni tubdan isloh qilish kerak”, - deydi Kinematografiya agentligi direktori.
Avvalroq "O‘zbekfilm"ga milliy maqomi berilgan edi.