Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishArxiv surat
Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2026
Obuna bo‘lish
Ular Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtiradi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. O‘zbekiston hukumati qarori (447-son) bilan “Muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Bu reglament muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Reglamentga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari hamda mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar ko‘cha, vokzal, bozor, yer osti yo‘laklari, yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va boshqa jamoat joylarida muntazam ravishda muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar aniqlanadi hamda ularga Markaz xizmatlaridan foydalanishni taklif qiladi.
Voyaga yetgan muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs joylashish uchun markazga bevosita murojaat qiladi.
Bunda voyaga yetgan muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning voyaga yetmagan farzandlari mavjud bo‘lsa, ular ushbu shaxs bilan birgalikda joylashtiriladi.
Muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul bo‘limlari tomonidan ular olib kelingan vaqtda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Mazkur tibbiy ko‘rikda shaxsda markazga joylashtirishga monelik qiluvchi shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamga muhtojlik holatlari hamda yuqumli kasalliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda markazga qabul qilinadi.

Muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan so‘rovnomani to‘ldirish uchun ma’lumotlarning taqdim etilishi, uning markazga joylashtirish, markazning ichki tartib-qoidalariga amal qilishga roziligini bildiradi.

So‘rovnoma shakllantirilganidan so‘ng muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs markazga 7 kunga joylashtiriladi.

Ayrim belgilangan holatlarda markazda qolish muddati 6 oyga uzaytirilishi mumkin.
Uysizlar - Toshkentning boshpanasiz kishilari hikoyalari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
O‘g‘li uyni o‘yinda yutqazib qo‘ygan — Toshkentdagi boshpanasizlar hikoyalari
Yangiliklar lentasi
0