https://oz.sputniknews.uz/20260819/yashil-tolqin-tashkent-59810004.html
"Yashil to‘lqin": Toshkentda 5 ta svetofordan to‘xtamasdan o‘tish imkoni yaratildi
"Yashil to‘lqin": Toshkentda 5 ta svetofordan to‘xtamasdan o‘tish imkoni yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Amir Temur xiyobonidagi 5 ta svetofor o‘zaro sinxronlashtirildi. Yashil signalda yo‘lga kirgan haydovchi tezlik meyoriga rioya qilsa, keyingi svetoforlarga ham yashilda yetib borishi mumkin.
2026-08-19T17:16+0500
2026-08-19T17:16+0500
2026-08-19T17:24+0500
toshkent
yo‘l
avtomobil
avtomobil yo‘li
transport
jamiyat
haydovchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/08/57399987_5:0:1744:978_1920x0_80_0_0_6c610481f19c0c40c64739f4c8b0ae25.png
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Toshkentda Amir Temur xiyoboni atrofidagi 5 ta svetofor o‘zaro sinxronlashtirilib, "Yashil to‘lqin" rejimida ishlay boshladi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.Yangi tizim avtomobil harakatini bir maromga solish va ortiqcha to‘xtashlarni kamaytirishga qaratilgan.Ta’kidlanishicha, haydovchi yo‘nalishga yashil signalda kirsa, belgilangan tezlikda harakatlansa va transport oqimi erkin bo‘lsa, keyingi svetoforlarga ularda ham yashil signal yongan paytda yetib boradi.Birinchi yo‘nalish Amir Temur va Buxoro ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, aylanma chorraha orqali Oloy bozori tomon davom etadi. Tizimda barcha svetoforlar bir vaqtda yashil yonmaydi. Har bir keyingi svetofor avtomobilga unga yetib borish uchun ketadigan vaqt hisobga olingan holda sozlangan.Markazning ta’kidlashicha, "Yashil to‘lqin" tezlikni oshirish uchun emas. Aksincha, haydovchi bir maromda yurib, keskin tezlashish va tormozlashdan saqlanishi kerak.Natijada chorrahalarda kutish vaqti va navbatlar, shuningdek, yonilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilar kamayishi kutilmoqda.Keyingi bosqichda Amir Temur xiyobonidagi aylanma chorrahadan Maxtumquli ko‘chasigacha bo‘lgan qism ham "Yashil to‘lqin" tizimiga ulanishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260803/tashkent-yashil-tolqin-59457743.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/08/57399987_236:0:1540:978_1920x0_80_0_0_e434579af434f4f367f29f4112c64b8a.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, yo‘l, avtomobil, avtomobil yo‘li , transport, jamiyat, haydovchilar
toshkent, yo‘l, avtomobil, avtomobil yo‘li , transport, jamiyat, haydovchilar
"Yashil to‘lqin": Toshkentda 5 ta svetofordan to‘xtamasdan o‘tish imkoni yaratildi
17:16 19.08.2026 (yangilandi: 17:24 19.08.2026) Yangi tizim haydovchiga belgilangan tezlikda bir maromda harakatlanib, beshta svetofordan ortiqcha to‘xtashlarsiz o‘tish imkonini beradi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Toshkentda Amir Temur xiyoboni atrofidagi 5 ta svetofor o‘zaro sinxronlashtirilib, "Yashil to‘lqin" rejimida ishlay boshladi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi
ma’lum qildi.
Yangi tizim avtomobil harakatini bir maromga solish va ortiqcha to‘xtashlarni kamaytirishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, haydovchi yo‘nalishga yashil signalda kirsa, belgilangan tezlikda harakatlansa va transport oqimi erkin bo‘lsa, keyingi svetoforlarga ularda ham yashil signal yongan paytda yetib boradi.
Birinchi yo‘nalish Amir Temur va Buxoro ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, aylanma chorraha orqali Oloy bozori tomon davom etadi.
Qarama-qarshi yo‘nalishda esa Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan harakatlangan avtomobil aylanma chorrahadan o‘tib, Amir Temur va Buxoro ko‘chalari kesishmasigacha "Yashil to‘lqin" rejimida yetib borishi mumkin.
Tizimda barcha svetoforlar bir vaqtda yashil yonmaydi. Har bir keyingi svetofor avtomobilga unga yetib borish uchun ketadigan vaqt hisobga olingan holda sozlangan.
Markazning ta’kidlashicha, "Yashil to‘lqin" tezlikni oshirish uchun emas. Aksincha, haydovchi bir maromda yurib, keskin tezlashish va tormozlashdan saqlanishi kerak.
Natijada chorrahalarda kutish vaqti va navbatlar, shuningdek, yonilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilar kamayishi kutilmoqda.
Keyingi bosqichda Amir Temur xiyobonidagi aylanma chorrahadan Maxtumquli ko‘chasigacha bo‘lgan qism ham "Yashil to‘lqin" tizimiga ulanishi rejalashtirilgan.