https://oz.sputniknews.uz/20260819/russia-indian-ocean-temir-yol-59811582.html
Rossiya O‘zbekiston orqali Hind okeaniga temir yo‘l orqali chiqish loyihasini ko‘rib chiqmoqda
Rossiya O‘zbekiston orqali Hind okeaniga temir yo‘l orqali chiqish loyihasini ko‘rib chiqmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Turkmaniston va O‘zbekiston bilan Afg‘oniston hamda Pokiston orqali Hind okeaniga temir yo‘l chiqishini o‘rganmoqda. Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha TIA tayyorlashga kelishuv avvalroq imzolangan.
2026-08-19T19:06+0500
2026-08-19T19:06+0500
2026-08-19T19:06+0500
transport
tranzit tashish
qurilish
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41265347_0:118:2048:1270_1920x0_80_0_0_3b466bbf333cb760a667de3b62f6a043.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Rossiya Turkmaniston va O‘zbekiston bilan Afg‘oniston hamda Pokiston orqali Hind okeaniga temir yo‘l yo‘nalishlarini uzaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston va O‘zbekiston tomoni bilan bu yo‘nalish ustida faol ish olib borilmoqda.Xusnullin hozir Kaspiy dengizini sharqdan aylanib o‘tuvchi temir yo‘l yo‘nalishi ham rivojlantirilayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Rossiya Transport vazirligi Markaziy Osiyo davlatlari bilan O‘zbekiston va Afg‘oniston orqali Hind okeaniga avtomobil yo‘lagini ishlab chiqmoqda.O‘zbekistonning Transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha alohida loyihasi ham bor. 2025-yil iyulda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Termiz – Naybobod – Maydanshahr – Log‘ar – Xarlachi Transafg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolagan. Yo‘nalishda yuk tashish allaqachon o‘smoqda. O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda Transafg‘on yo‘nalishida tashilgan yuklar hajmi 5 mln tonnadan oshgan, shundan 3 mln tonnadan ziyodi O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga tranzit hissasiga to‘g‘ri kelgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260701/uzbekistan-tranzit-qoshimcha-daromad-58737073.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41265347_122:0:1942:1365_1920x0_80_0_0_52a68814c29e7e6453c88ccbed22dbc6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
transport, tranzit tashish, qurilish, jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
transport, tranzit tashish, qurilish, jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
Rossiya O‘zbekiston orqali Hind okeaniga temir yo‘l orqali chiqish loyihasini ko‘rib chiqmoqda
Yangi yo‘nalish Afg‘oniston va Pokiston orqali Hind okeaniga chiqishi ko‘zda tutilmoqda. Rossiya uni hozirgi sharoitda muhim muqobil yo‘lak deb hisoblamoqda.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Rossiya Turkmaniston va O‘zbekiston bilan Afg‘oniston hamda Pokiston orqali Hind okeaniga temir yo‘l yo‘nalishlarini uzaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin
ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston va O‘zbekiston tomoni bilan bu yo‘nalish ustida faol ish olib borilmoqda.
Xusnullin hozir Kaspiy dengizini sharqdan aylanib o‘tuvchi temir yo‘l yo‘nalishi ham rivojlantirilayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Rossiya Transport vazirligi Markaziy Osiyo davlatlari bilan O‘zbekiston va Afg‘oniston orqali Hind okeaniga avtomobil yo‘lagini ishlab chiqmoqda.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari bu yo‘nalishni, ayniqsa Erondagi hozirgi vaziyatni hisobga olganda, zarur qo‘shimcha transport yo‘lagi deb atadi.
O‘zbekistonning Transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha alohida loyihasi ham bor. 2025-yil iyulda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Termiz – Naybobod – Maydanshahr – Log‘ar – Xarlachi Transafg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolagan.
Yo‘nalishda yuk tashish allaqachon o‘smoqda. O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda Transafg‘on yo‘nalishida tashilgan yuklar hajmi 5 mln tonnadan oshgan, shundan 3 mln tonnadan ziyodi O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga tranzit hissasiga to‘g‘ri kelgan.