O‘zbekiston daryo va kanallarida mikro GESlar uchun yangi joylar aniqlanadi

© CA-NewsVodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente
Vodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
Obuna bo‘lish
Daryo va kanallar xatlovdan o‘tkazilib, mikro GESlar uchun yangi nuqtalar aniqlanadi. Ayrim stansiyalarni qurish tartibi ham soddalashtiriladi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekistonda daryo va kanallarda kichik va mikro GESlar qurish mumkin bo‘lgan yangi joylar aniqlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va mikro GESlar tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishishi chog‘ida ma’lum qilindi.
Mamlakatda daryo va kanallar tarmog‘ining umumiy uzunligi 173 ming kilometrdan ziyod. Mutasaddilarga, ayniqsa betonlashtirilgan kanallarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, kichik va mikro GESlar qurish uchun qo‘shimcha loyihalar zaxirasini aniqlash topshirildi.
O‘tgan yili xususiy sektor ishtirokida jami 164 MVt quvvatli qariyb 3 mingta GES qurish belgilangan edi.
Hozirgacha 64 ta loyiha ishga tushirilib, ularning quvvati 41,6 MVtga yetdi. Bu rejalashtirilgan quvvatning atigi to‘rtdan bir qismi. Qariyb 3 ming loyihadan 932 tasiga tashabbuskor topilgan.
Jahon banki ishtirokida ajratilgan 150 mln dollarlik imtiyozli resurslardan foydalanish ham sust ketayotgani qayd etildi.
Loyihalarni jadallashtirish uchun mikro GESlar bo‘yicha auksion shartlarini o‘zgartirish taklif qilindi. Xususan, loyihaning boshlang‘ich narxi bilan birga elektr energiyasini xarid qilish tarifining eng quyi chegarasini belgilash va tariflarni stansiya quvvatiga qarab tabaqalashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Shu bilan birga:
100 kVtgacha mikro GESlarni loyihalash va qurish soddalashtiriladi;
50 kVtgacha loyihalar shaharsozlik ekspertizasi va davlat arxitektura-qurilish nazoratidan ozod etiladi;
qo‘shimcha suv bosimi hosil qilish uchun kanal, daryo va o‘zanlar konstruksiyasini o‘zgartirishga ruxsat beriladi;
suv xo‘jaligi obyektlarida o‘z ehtiyoji uchun kichik va mikro GESlarni auksionsiz qurish mumkin bo‘ladi.
Loyiha uchun joy tanlashdan tortib uni ishga tushirish va ekspluatatsiya qilishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oluvchi raqamli platforma ham joriy etiladi.
Yana bir muammo — uskunalar importi. Hozir mikro GESlar uchun zarur gidroagregat va butlovchi qismlarning 90 foizi chetdan keltiriladi.
Shu bois ularning bir qismini mahalliylashtirish, ya’ni O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkor va investorlarga takliflar tayyorlanadi.
2030 yilgacha kichik va mikro GESlar quvvatini 204,8 MVtga, yillik elektr ishlab chiqarishni esa 620 mln kVt soatga yetkazish rejalashtirilgan. Bu 350 mingta xonadonni "yashil" energiya bilan ta’minlash imkonini beradi.
Soha uchun kadrlar tayyorlashda dual ta’lim tizimi joriy etilib, energetika korxonalari talabalar uchun amaliyot bazasi sifatida belgilanadi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu gidroenergeticheskoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2026
O‘zbekistonda 5,8 mlrd dollarlik 73 ta gidroenergetika loyihasi amalga oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0