O‘zbekiston rossiyaliklar uchun eng ommabop xorijiy aviayo‘nalish bo‘ldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Aeroflot"
Samolet aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Obuna bo‘lish
Yil boshidan buyon Rossiyadan O‘zbekistonga aviaparvozlarga talab 22,3 foizga oshdi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston rossiyaliklar orasida eng ommabop xorijiy aviayo‘nalishlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda "Gazeta.ru"ga "Tutu" sayohat servisi ma’lum qildi.
Servis yil boshidan avgust oyi o‘rtalarigacha xorijiy aviaparvozlarga bo‘lgan talabni tahlil qildi. Unga ko‘ra, eng ommabop beshta xorijiy aviayo‘nalish quyidagicha:
O‘zbekiston — talab 22,3 foizga oshgan;
Tojikiston — 21,1 foizga oshgan;
Armaniston — 15,2 foizga oshgan;
Turkiya — 5,3 foizga oshgan;
Ozarbayjon — 2,6 foizga kamaygan.
Bu ko‘rsatkichlar mamlakatlarning umumiy aviaparvozlardagi ulushini emas, balki o‘tgan yilga nisbatan talab qanday o‘zgarganini ko‘rsatadi.
Ayrim boshqa ommabop xorijiy yo‘nalishlarda esa talab sezilarli pasaygan. BAAga aviaparvozlar 31,7 foizga, Qirg‘izistonga 24,9 foizga, Isroilga 20,2 foizga kamaygan.
O‘zbekistonga rossiyalik turistlar oqimi bo‘yicha rasmiy statistika ham o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. 2026-yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatga Rossiyadan 710 824 nafar turist tashrif buyurgan.
2025 yil davomida esa O‘zbekistonga 986 ming rossiyalik turist tashrif buyurgan — bir yilda 15 foizlik o‘sish qayd etilgan.
Zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Yetti oyda O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh kelgan top-5 davlat
Yangiliklar lentasi
0