https://oz.sputniknews.uz/20260818/ozbek-klublar-raqiblar-59777286.html
Ronaldu va Osiyo gigantlari: o‘zbek klublarining OChLdagi raqiblari qanchalik kuchli?
Ronaldu va Osiyo gigantlari: o‘zbek klublarining OChLdagi raqiblari qanchalik kuchli?
Sputnik O‘zbekiston
OChL Elit va OChL-2 qur’asi yakunlandi. "Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf"ning raqiblari kimlar, ular orasida qaysi Osiyo gigantlari va mashhur futbolchilar bor — materialda.
2026-08-18T19:27+0500
2026-08-18T19:27+0500
2026-08-18T19:27+0500
futbol
sport
osiyo chempionlar ligasi (ochl)
chempionat
krishtianu ronaldu
paxtakor
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/06/47456721_0:76:1652:1005_1920x0_80_0_0_ceff03d8ef52b971e764f00a53a0add0.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Osiyo chempionlar ligasi Elit va OChL-2 musobaqalariga qur’a tashlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Qur’a natijalariga ko‘ra, "Paxtakor" va "Neftchi"ga Osiyoning eng kuchli klublaridan bir nechtasi raqib bo‘ldi. "Nasaf" esa OChL-2da nisbatan teng kuchli raqiblar joy olgan guruhdan o‘rin oldi.OChL Elitda "Paxtakor" va "Neftchi" bir xil sakkiz raqibga qarshi o‘ynaydi, faqat uy va safar uchrashuvlari almashadi:– "Al-Ahli", "Al-Hilol", "Al-Ittihod", "Al-Nassr", "Al-Qodisiya" — Saudiya Arabistoni;– "Istiqlol" va "Traktor" — Eron;– "Eyr-Fors" — Iroq."Al-Nassr" esa 2025/26 mavsumida Saudiya chempionligini qo‘lga kiritdi va OChL-2 finaligacha yetib bordi. Finalgacha jamoa turnirda ketma-ket 10 ta g‘alaba qozongan, hal qiluvchi bahsda esa "Gamba Osaka"ga 0:1 hisobida yutqazgan. Krishtianu Ronaldu hozir ham klub safida."Al-Hilol" o‘tgan OChL Elit mavsumining liga bosqichida sakkiz o‘yindan yettitasida g‘alaba qozonib, 22 ochko to‘plagan. "Traktor" esa G‘arb mintaqasida uchinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqqan. "Al-Ittihod" 2025/26 mavsumida chorak finalgacha yetib bordi."Nasaf"ga kimlar tushdi?Qarshi klubi OChL-2ning "A" guruhida:– "Al-Vahda" (BAA);– "Kuvayt SK" (Kuvayt);– "Al-Holdiya" (Bahrayn) bilan o‘ynaydi."Al-Holdiya" ham so‘nggi yillarda Osiyo musobaqalarida tajriba orttirdi: 2024/25 mavsumida OChL-2ning nimchorak finaliga chiqqan.OFK uchrashuvlarning aniq taqvimini qur’adan keyin e’lon qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260723/asia-oyinlar-uzbekistan-raqiblar-59207894.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/06/47456721_106:0:1547:1081_1920x0_80_0_0_e720cdd8c8781afb4b4711e970b88d1f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol, sport, osiyo chempionlar ligasi (ochl), chempionat, krishtianu ronaldu, paxtakor, o‘zbekiston
futbol, sport, osiyo chempionlar ligasi (ochl), chempionat, krishtianu ronaldu, paxtakor, o‘zbekiston
Ronaldu va Osiyo gigantlari: o‘zbek klublarining OChLdagi raqiblari qanchalik kuchli?
"Paxtakor" va "Neftchi" OChL Elitda Osiyoning nomdor klublariga qarshi maydonga tushadi. "Nasaf" esa OChL-2da nisbatan teng raqiblar bilan bir guruhdan joy oldi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Osiyo chempionlar ligasi Elit va OChL-2 musobaqalariga qur’a tashlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, "Paxtakor" va "Neftchi"ga Osiyoning eng kuchli klublaridan bir nechtasi raqib bo‘ldi. "Nasaf" esa OChL-2da nisbatan teng kuchli raqiblar joy olgan guruhdan o‘rin oldi.
OChL Elitda "Paxtakor" va "Neftchi" bir xil sakkiz raqibga qarshi o‘ynaydi, faqat uy va safar uchrashuvlari almashadi:
– "Al-Ahli", "Al-Hilol", "Al-Ittihod", "Al-Nassr", "Al-Qodisiya" — Saudiya Arabistoni;
– "Istiqlol" va "Traktor" — Eron;
– "Eyr-Fors" — Iroq.
Bu ro‘yxatda eng xavfli raqiblardan biri — "Al-Ahli". Jamoa OChL Elitni 2024/25 va 2025/26 mavsumlarida ketma-ket ikki marta qo‘lga kiritdi.
"Al-Nassr" esa 2025/26 mavsumida Saudiya chempionligini qo‘lga kiritdi va OChL-2 finaligacha yetib bordi. Finalgacha jamoa turnirda ketma-ket 10 ta g‘alaba qozongan, hal qiluvchi bahsda esa "Gamba Osaka"ga 0:1 hisobida yutqazgan. Krishtianu Ronaldu hozir ham klub safida.
"Al-Hilol" o‘tgan OChL Elit mavsumining liga bosqichida sakkiz o‘yindan yettitasida g‘alaba qozonib, 22 ochko to‘plagan. "Traktor" esa G‘arb mintaqasida uchinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqqan. "Al-Ittihod" 2025/26 mavsumida chorak finalgacha yetib bordi.
Qarshi klubi OChL-2ning "A" guruhida:
– "Al-Vahda" (BAA);
– "Kuvayt SK" (Kuvayt);
– "Al-Holdiya" (Bahrayn) bilan o‘ynaydi.
Ular orasida "Al-Vahda" o‘tgan mavsum OChL Elitning nimchorak finaliga chiqqan. "Kuvayt SK" esa 2025/26 mavsumida OFK Chellenj ligasi g‘olibi bo‘ldi. Qolaversa, kuvaytliklar 2024-yilda OChL-2 doirasida Qarshida "Nasaf"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.
"Al-Holdiya" ham so‘nggi yillarda Osiyo musobaqalarida tajriba orttirdi: 2024/25 mavsumida OChL-2ning nimchorak finaliga chiqqan.
OFK uchrashuvlarning aniq taqvimini qur’adan keyin e’lon qiladi.