https://oz.sputniknews.uz/20260817/uzbekistan-siyosat-tasir-59758975.html
FT O‘zbekiston nega dunyo siyosatida sezilarli ta’sirga ega ekanini aytdi
FT O‘zbekiston nega dunyo siyosatida sezilarli ta’sirga ega ekanini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Financial Times O‘zbekistonni ta’siri oshib borayotgan "mini-o‘rta davlatlar" qatoriga kiritdi. Nashr mamlakatning geografik o‘rni, aholisi va ko‘p tomonlama tashqi siyosatini ustunlik sifatida baholadi.
2026-08-17T16:39+0500
2026-08-17T16:39+0500
2026-08-17T16:52+0500
siyosat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36639077_297:0:3157:1609_1920x0_80_0_0_ff3d5cf0aa255b81181b2b6a7ae3e625.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston jahon siyosatida ta’siri oshib borayotgan "mini-o‘rta davlatlar" qatoriga kiradi. "Financial Times" nashri O‘zbekistonni Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qatar va Ummon bilan bir qatorda shunday mamlakatlar sirasiga kiritdi.Nashr bu atama bilan global siyosatni belgilab beruvchi yirik kuch bo‘lmasa-da, muayan sohalarda sezilarli ta’sirga ega mamlakatlarni nazarda tutadi. Bunday ustunlik energetika, transport yo‘laklari, mintaqaviy xavfsizlik, diplomatiya yoki geografik joylashuv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.Yana bir muhim omil — transport yo‘laklari. O‘zbekiston Osiyo va Yevropani bog‘lovchi O‘rta koridor bilan aloqalarini mustahkamlamoqda. "Financial Times" O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonning tashqi siyosatda bir yo‘nalishni tanlab qolmayotganiga ham e’tibor qaratdi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya, Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan bir vaqtning o‘zida munosabatlarni rivojlantirib, manyovr qilish imkoniyatini saqlab qolishga harakat qilmoqda.Muallifning fikricha, bunday davlatlar kelajakdagi xalqaro tartib qoidalarini o‘zlari belgilab bermaydi. Biroq yirik kuchlarga ular nazorat qiladigan transport yo‘llari, resurslar va diplomatik imkoniyatlar tobora ko‘proq kerak bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260630/uzbekistan-aholi-statistika-58689457.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36639077_519:0:2894:1781_1920x0_80_0_0_cf33ac25124515ea32880c837bf12d0d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston
FT O‘zbekiston nega dunyo siyosatida sezilarli ta’sirga ega ekanini aytdi
16:39 17.08.2026 (yangilandi: 16:52 17.08.2026) Nashr mamlakatning geografiyasi, aholisi va transport imkoniyatlarini alohida qayd etdi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston jahon siyosatida ta’siri oshib borayotgan "mini-o‘rta davlatlar" qatoriga kiradi. "Financial Times" nashri O‘zbekistonni Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qatar va Ummon bilan bir qatorda shunday mamlakatlar sirasiga
kiritdi.
Nashr bu atama bilan global siyosatni belgilab beruvchi yirik kuch bo‘lmasa-da, muayan sohalarda sezilarli ta’sirga ega mamlakatlarni nazarda tutadi. Bunday ustunlik energetika, transport yo‘laklari, mintaqaviy xavfsizlik, diplomatiya yoki geografik joylashuv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
FT O‘zbekistonning asosiy ustunliklari sifatida Markaziy Osiyoda eng ko‘p aholiga ega ekani va mintaqaning markazida joylashganini ko‘rsatdi. Bu omillar mamlakatning mintaqaviy savdo va diplomatiyadagi ahamiyatini oshirmoqda.
Yana bir muhim omil — transport yo‘laklari. O‘zbekiston Osiyo va Yevropani bog‘lovchi O‘rta koridor bilan aloqalarini mustahkamlamoqda.
"Financial Times" O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonning tashqi siyosatda bir yo‘nalishni tanlab qolmayotganiga ham e’tibor qaratdi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya, Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan bir vaqtning o‘zida munosabatlarni rivojlantirib, manyovr qilish imkoniyatini saqlab qolishga harakat qilmoqda.
Muallifning fikricha, bunday davlatlar kelajakdagi xalqaro tartib qoidalarini o‘zlari belgilab bermaydi. Biroq yirik kuchlarga ular nazorat qiladigan transport yo‘llari, resurslar va diplomatik imkoniyatlar tobora ko‘proq kerak bo‘ladi.