https://oz.sputniknews.uz/20260817/uzbek-gen-tadqiqot-59756101.html
O‘zbeklar geni bo‘yicha osiyoliklardan ko‘ra yevropaliklarga yaqin — tadqiqot natijalari
O‘zbeklar geni bo‘yicha osiyoliklardan ko‘ra yevropaliklarga yaqin — tadqiqot natijalari
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklarning genetik tarkibida Yevropa populyatsiyalariga xos ulush Osiyonikidan ikki baravar ko‘p ekani aytildi. Olimlar 2 ming kishining namunalarini o‘rgandi.
2026-08-17T19:18+0500
2026-08-17T19:18+0500
2026-08-17T19:18+0500
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
ilm-fan
tadqiqot
jamiyat
olimlar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/10/57623384_0:105:2000:1230_1920x0_80_0_0_f9bc791e9639993473baf96f83d53133.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbeklarning genetik tarkibi o‘rganilganda, ular osiyoliklarga qaraganda yevropaliklarga yaqinroq ekani aniqlandi. Bu haqda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, genetik olim Shahlo Turdiqulova ma’lum qildi.Tadqiqot uchun O‘zbekistonning turli hududlarida yashovchi 2 ming nafar odamdan namunalar olingan.Olimaga ko‘ra, o‘rganilgan genetik tarkibning taxminan uchdan ikki qismi Yevropa populyatsiyalariga, uchdan bir qismi esa Osiyo populyatsiyalariga xos.Bunday tadqiqot tibbiyot uchun ham muhim. Hozir kasalliklarni irsiy xususiyatlar orqali aniqlashdagi ko‘p ma’lumotlar Yevropa aholisi asosida to‘plangan. Ammo ular O‘zbekiston kabi aralash genetik tarkibga ega aholi uchun har doim ham bir xil darajada mos kelmaydi.O‘zbeklarning irsiy xususiyatlarini o‘rganish kelajakda aholi orasida qaysi kasalliklarga moyillik yuqoriligini aniqlash, tashxis va davolash usullarini yaxshiroq moslashtirishga yordam berishi mumkin.Avvalgi ilmiy tadqiqotlar ham Markaziy Osiyo xalqlari minglab yillar davomida G‘arb va Sharqdan kelgan turli aholi guruhlari aralashuvi natijasida shakllanganini ko‘rsatgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260216/uzbek-populyatsiya-genom-tadqiqot-55745492.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/10/57623384_111:0:1890:1334_1920x0_80_0_0_55f8bbfd2a3b96bad33d6b74d4900441.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston fanlar akademiyasi , ilm-fan, tadqiqot, jamiyat, olimlar, o‘zbekiston
o‘zbekiston fanlar akademiyasi , ilm-fan, tadqiqot, jamiyat, olimlar, o‘zbekiston
O‘zbeklar geni bo‘yicha osiyoliklardan ko‘ra yevropaliklarga yaqin — tadqiqot natijalari
2 ming kishidan olingan namunalar o‘rganildi. Natijada Yevropa populyatsiyalariga xos ulush taxminan uchdan ikki, Osiyoniki esa uchdan bir qismni tashkil etgan.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbeklarning genetik tarkibi o‘rganilganda, ular osiyoliklarga qaraganda yevropaliklarga yaqinroq ekani aniqlandi. Bu haqda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, genetik olim Shahlo Turdiqulova
ma’lum qildi.
Tadqiqot uchun O‘zbekistonning turli hududlarida yashovchi 2 ming nafar odamdan namunalar olingan.
"O‘zbeklar genomi — Yevropa bilan Osiyo o‘rtasidagi ideal ko‘prik. Biz na Yevropa populyatsiyasiga, na Osiyo populyatsiyasiga to‘liq kiramiz, balki o‘rtada joylashganmiz", — dedi Turdiqulova.
Olimaga ko‘ra, o‘rganilgan genetik tarkibning taxminan uchdan ikki qismi Yevropa populyatsiyalariga, uchdan bir qismi esa Osiyo populyatsiyalariga xos.
Bunday tadqiqot tibbiyot uchun ham muhim. Hozir kasalliklarni irsiy xususiyatlar orqali aniqlashdagi ko‘p ma’lumotlar Yevropa aholisi asosida to‘plangan. Ammo ular O‘zbekiston kabi aralash genetik tarkibga ega aholi uchun har doim ham bir xil darajada mos kelmaydi.
O‘zbeklarning irsiy xususiyatlarini o‘rganish kelajakda aholi orasida qaysi kasalliklarga moyillik yuqoriligini aniqlash, tashxis va davolash usullarini yaxshiroq moslashtirishga yordam berishi mumkin.
Avvalgi ilmiy tadqiqotlar ham Markaziy Osiyo xalqlari minglab yillar davomida G‘arb va Sharqdan kelgan turli aholi guruhlari aralashuvi natijasida shakllanganini ko‘rsatgan.