Rossiyaning Petrozavodsk shahrida "Paxtakor-79" xotirasiga xalqaro futbol o‘yini o‘tkazildi

© MK v KareliiV Karelii vspomnili Paxtakor-79
V Karelii vspomnili Paxtakor-79
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston vakillari 47-yil avval aviahalokatda halok bo‘lgan afsonaviy "Paxtakor" jamoasi xotirasini futbol o‘yini bilan yodga oldi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. 15 avgust kuni Petrozavodskda 1979-yilda aviahalokatda halok bo‘lgan "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy Rossiya–O‘zbekiston xalqaro futbol o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "MK Kareliya" xabar berdi.
"Paxtakor" fojiasi sovet futboli tarixidagi eng qayg‘uli voqealardan biri bo‘lgan. 1979-yil 11-avgust kuni Dneprodzerjinsk (hozirgi Kamenskoe) osmonida ikki Tu-134 samolyoti to‘qnashib ketgan. Halokatda 178 kishi, jumladan, Toshkentning "Paxtakor" klubining 17 nafar futbolchi va xodimi halok bo‘lgan.
Ular orasida Mixail An, Vladimir Fodorov, Viktor Churkin va boshqa taniqli futbolchilar bor edi. O‘sha davrda "Paxtakor" nafaqat O‘zbekiston, balki butun sovet futbolida mashhur jamoalardan biri edi.
Petrozavodskda "Paxtakor-79" xotirasiga Rossiya va O‘zbekiston vakillari ishtirokidagi futbol uchrashuvlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. Ilk yirik xotira o‘yinlaridan biri 2019-yilda, fojianing 40-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan edi.
Kareliya poytaxtining o‘zi ham futbol bilan bog‘liq aviahalokat xotirasini saqlab keladi. 2011-yil iyunida Petrozavodsk yaqinidagi aviahalokatda Rossiya Premyer-ligasida ishlagan kareliyalik birinchi hakam, FIFA arbitri Vladimir Pettay halok bo‘lgan.
Shu bois an’anaviy Rossiya–O‘zbekiston uchrashuvi sport musobaqasidan tashqari, halok bo‘lgan futbolchilar xotirasi va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik ramziga aylangan.
O chem jaleyut druzya futbolistov Paxtakor-79 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
“Paxtakor 79” futbolchilarining do‘stlari nimadan afsusda — video
Yangiliklar lentasi
0